So’nggi yangiliklar

15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0 11:48Париж-2024 ареналари: Эйфель минорасининг ёнида жойлашган “Гран-Пале-Эфемер” билан танишинг 0 11:27Қозоғистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди. Унинг йиллик маоши 1,2 миллион евро 0 11:05UFC 302 турнири иштирокчилари тарозида қандай вазн кўрсатишди? 0 10:44Бугун Азиза Зокирова Бангкокдаги турнирда жанг қилади 0

11 mar 19:02
Yangiliklar

Stol tennisi

11 yoshli suriyalik qizaloq Tokio Olimpiadasiga yo'llanma oldi

Iordaniyada G'arbiy Osiyo mintaqasi uchun stol tennisi bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi turnir bo'lib o'tdi.

Etiborlisi, ushbu musobaqa insoniyat uchun Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan eng yosh atletlardan birini aniqlab berdi.

2009 yil 1 yanvar kuni Suriyada tug'ilgan Xend Zaza Iordaniyadagi turnir g'olibi bo'lib, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari ishtirokchisiga aylandi. Stol tennisi yosh chegaralanmaydigan sport turlaridan biri. Zaza esa Suriyada ichki nizolar boshlanayotgan payt dunyoga kelgan bo'lsa, bugunga kelib, urush o'chog'idan chiqqan 11 yoshli Olimpiadachi bo'ldi.

SHu tariqa Tokio-2020 da sayyoramiz ahli eng yosh atletlardan birining chiqishiga guvoh bo'lishi mumkin. Bu borada rekord ko'rsatkich greciyalik Dimitrios Lundrasga tegishli. Ushbu yunon sportchisi 1896 yil Afinada o'tkazilgan ilk Olimpiya o'yinlarida ishtirok etganida endigina 10 yosh 218 kunlik bo'lgan. Ahamiyatlisi, Lundras Afinada jamoaviy brus mashqida bronza medalini ham qo'lga kiritgan. SHuningdek, 1968 yil Franciyaning Grenobl mezbonligida o'tgan qishki Olimpiya o'yinlarida 11 yoshli ruminiyalik Beatris Xustyu figurali uchish bo'yicha ishtirok etgan.

Yani bir jihati, Tokio bu yil Olimpiadalar tarixidagi eng yoshi katta sportchini ham qabul qilishi mumkin. Ayni paytda yaponiyalik chavandoz Xirosi Xokecu o'z yurtida o'tadigan Olimpiya o'yinlarida qatnashish uchun tayyorgarlik ko'rmoqda. Xokecu 1941 yil 28 mart kuni tug'ilgan. 78 yoshli ushbu atlet faoliyati davomida Tokio-1964, Seul-1988, Pekin-2008 va London-2012 Olimpiadalarida qatnashgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing