So’nggi yangiliklar

19:40Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси ОЧЛ ҳал қилувчи финал баҳсини бошқаради 0 19:19Арман Царукян Хабиб ва Махачевни солиштирди 0 18:58"Тайсон учун бу жанг хавфли бўлади" - Оскар де ла Хойя 0 18:37"Чемпионга ўхша". Волкановски Топурияга мурожаат қилди 0 18:15Тухель ЕЧЛда ғолиб бўлган тақдирда ҳам клубдан кетиши аниқ 0 17:52Диёра Келдиёрова: “Бор эътиборим Париж-2024 медалига қаратилган” 0 17:27UFC Машрабжон Рўзибоевга жанг таклиф қилган 0 17:04Ажойиб! Бадиий гимнастикачиларимиз гуруҳ машқида Париж-2024 йўлланмасини қўлга киритишди 0 16:48"Реал" ярим ҳимоячиси Саудия Арабистонидан тушган таклифни рад этди 0 16:25Жозе Альдо нима учун ММАдаги фаолиятини тиклагани сабабини айтди 0 16:18Душанбе "Катта Дубулға" турнирига қуръа ташланди 0 16:02Париж-2024: Россиялик волонтёрлар учун аккредитацияга рад жавоби берилди 0 15:41Чарльз Оливейра Жастин Гэтжи билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:20Тимур Кападзе Японияга қарши кечадиган финал учрашуви олдиндан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани) 0 14:56Шахмат бўйича Ўзбекистон Олий лигаси якунланди: 15 минг доллар кимга насиб қилди? 0

Foydalanuvchi shartnomasi

Ushbu foydalanuvchi shartnomasi (keyingi matnda – «Shartnoma»), http://olamsport.com manzili bo’yicha ish olib boradigan OLAMSPORT.com internet-Portali (keyingi matnda – «Portal») foydalanish shartlarini belgilaydi. Portaldan foydalanish davomida, foydalanuvchi Shartnomada yozilgan barcha shartlarga rioya qilishga majburlar. Shartnoma istalgan vaqtda o’zgarishi mumkin, Shartnomaning yangi matni saytda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
 
1. Shartnoma mavzusi
 
1.1. Foydalanuvchi Portalda ro’yxatdan o’tish imkoniga ega. Muvaffaqiyatli ro’yxatdan o’tish shartlaridan biri haqiqiy ma’lumotlarni, ayniqsa ish faoliyatidagi telefon raqamini kiritish.
 
1.2. Ro’yxatdan o’tish davomida istalgan nomni (yagona sharti, boshqa foydalanuvchida bu nom bo’lmasligi kerak) va parolni tanlashi mumkin. Foydalanuvchi o’z parolini sir saqlashi va uni uchinchi shaxslarga bermaslikka majbur.
 
1.3. Shartnoma Portaldagi ro’yxatdan o’tish formasini to’ldirgach va telefon raqami yozilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.

2. Portal mazmuni va unga kirish huquqi.

2.1. OLAMSPORT.com O'zbekiston, jahon mamlakatlarining sport yangiliklari, shuningdek ularga doir suratlarni, videolarni va sport statistikasini chop etuvchi sport portali hisoblanadi.

2.2. Portal sahifalarida reklama bannerlari bo’lishi mumkin. Aniq bir sahifada bannerning mavjudligi, va u qanday hajmda ko’rsatilishi bo’yicha qarorni Portal ma’muriyati qabul qiladi.

2.3. Portalda PRO-akkauntlar bor, u foydalanuvchilardan ma’lum cheklovlarni olib tashlaydi, oddiy foydalanuvchilar kirishi mumkin bo’lmagan sahifalarga kirish imkoni bo’ladi. PRO-akkauntlar pullik hisoblanadi, uning narxi Portal ma’muriyati tomonidan belgilanadi.
 
3. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
 
3.1. Har bir foydalanuvchi o’zining huquq va majburiyatlariga qat’iy amal qilishga majbur. Foydalanuvchi tomonidan Portal sahifalarida amaldagi qonunchilikni buzishga, millatlararo hamda dinlararo nizoni keltirib chiqarishga qaratilgan, irqchilik ruhidagi, shak-shubhasiz yolg’on, haqorat, beadab va axloqsiz xabarlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlarni joylashtirish ta’qiqlanadi. Foydalanuvchi Portaldan turli yoshdagi shaxslar foydalanishini hisobga olishi lozim.
 
3.2. Portal sahifalarida ma’lumotlarni joylashtirayotgan foydalanuvchi, bu ma’lumotlar uchinchi shaxslarni huquqlarini buzsmasligini va uchinchi shaxslarning mulki emasligini kafolatlaydi. Shunday qilib, foydalanuvchi o’zi joylashtirgan ma’lumot, o’zini tutishi, shuningdek sud jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan moliyaviy harajatlar bo’yicha to’liq javobgarlikni va barcha da’volarni o’z bo’yniga oladi.

3.3. Foydalanuvchi tomonidan Portalni buzishga, yoki undan foydalanishni qiyinlashtirishga qaratilgan har qanday harakatlar ta’qiqlanadi. Shu xildagi har qanday harakatlar fuqaroviy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ayniqsa, ta’qiqlangan xarakatlarga Portalning jismoniy hamda mantiqiy tuzilishiga ta’sir etuvchi xarakatlar, shuningdek ma’lumotlarni avtomatik qo’lga olish, ko’chirish va yuborish, shu jumladan turli mexanik va dasturiy vositalar hamda skriptlardan foydalanish kiradi.

3.4. Portalda uchinchi shaxslarni, ularning xabarisiz va roziligisiz ro’yxatga olish ta’qiqlanadi.

4. Foydalanuvchi tomonidan joylashtiriladigan xabarlar
 
4.1. Foydalanuvchi ushbu Shartnomaning 3.1 va 3.2 bandlarini buzmagan holda saytda yangiliklarga fikr bildirish orqali xabarlar qoldirishi mumkin.

5. Foydalanuvchilarga nisbatan qo’llaniladigan jarimalar
 
5.1. Portal ma’muriyati Shartnoma shartlarini buzuvchi ma’lumotlarni ogohlantirishsiz o’chirish, hamda foydalanuvchilarga nisbatan quyidagi jarimalarni qo’llash huquqini o’zida saqlab qoladi:

• ikkinchi qoida buzilishi – foydalanuvchini 1 haftaga blokirovka qilish;
• ikkinchi qoida buzilishi – foydalanuvchini umrbod blokirovka qilish.
 
Blokirovka qilingan foydalanuvchi tizimga kirishi (avtorizatsiya) mumkin, ammo saytda fikr bildira olmaydi.

6. Shartnomaning amal qilish va uni bekor qilish muddati
 
6.1. Shartnoma, tomonlardan biri – foydalanuvchi yoki ma’muriyat, uni bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilmagunicha amal qiladi.

6.2. Foydalanuvchi Shartnomani o’z xohishi bilan bekor qilish huquqiga ega. Buning uchun Portalda mavjud bo’lgan qayta aloqaga chiqish formasi orqali qo’llab quvvatlash xizmatiga Shartnomani bekor qilish to’g’risidagi qarori yozilgan xatni yozishi kerak.
 
6.3. Portal ma’muriyati, foydalanuvchi tomonidan Shartnoma shartlari bir necha bor buzilsa, Shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.

7. Yakuniy qoidalar
 
7.1. Portal ma’muriyati istalgan vaqtda Portalning mazmuni va tuzilishini o’zgartirish huquqiga ega.

7.2. Portal ma’muriyati istalgan vaqtda ushbu Shartnomaning shartlarini o’zgartirish huquqiga ega.

7.3. Ushbu shartnoma Internet tarmog’ida, quyidagi manzil bo’yicha keltirilgan:
 
• rus tilida - http://olamsport.com/ru/page/terms
• o’zbek tilida - http://olamsport.com/uz/page/terms
• ingliz tilida - http://olamsport.com/en/page/terms
 
2015 yil iyul holatiga ko’ra

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing