So’nggi yangiliklar

16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0 11:48Париж-2024 ареналари: Эйфель минорасининг ёнида жойлашган “Гран-Пале-Эфемер” билан танишинг 0 11:27Қозоғистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди. Унинг йиллик маоши 1,2 миллион евро 0

25 iyu 08:27
Yangiliklar

Engil atletika

193 sportchi World Athleticsdan moliyaviy yordam oladi

Xalqaro engil atletika federaciyalarining associaciyasi (World Athletics) tashkilot jamg'armasiga azo bo'lgan 58 milliy federaciyaning 193 sportchisiga 3000 AQSH dollaridan bir martalik grantlar taklif etishini elon qildi.

Jamg'armasi orqali beriladigan ushbu grantlar koronavirus pandemiyasi sababli moliyaviy qiyinchilikka tushib qolgan professional sportchilarni qo'llab-quvaatlash maqsadida taqdim etilgan.

Dastavval grantlarning umumiy miqdori 500 ming AQSH dollarini tashkil etgan edi. Jamg'arma tashkil etilganligi to'g'risida elon qilinganidan keyin qo'shimcha badallar kelib tushishi hisobiga grantlarning umumiy miqdori 600 ming AQSH dollariga etdi.

Xalqaro engil atletika jamg'armasi belgilab qo'yilgan oxirgi muddatgacha (31 may) 261 professional sportchidan grantlar uchun buyurtmalar oldi. “World Athletics” prezidenti Sebastyan Koe boshchiligidagi ekspert ishchi guruhi nazorati ortida buyurtma bergan professional sportchilarning grant olish shartlariga muvofiqligi baholandi.

Grant olish uchun belgilangan shartlarga ko'ra, professional sportchilar daromadlari 2020 yilda 2019 yildagiga nisbatan jiddiy tarzda kamayganligini isbotlashlari hamda biror marta doping qoidalarini buzmagan bo'lishlari kerak edi.

Haqiqatan ham moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan sportchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida grantlar jahon reytingida birinchi oltilikdan o'rin olgan hamda 2019 yilda “Gold Label Road race” turnirining har qanday musobaqasida birinchi olti o'rinni qo'lga kiritgan, shuningdek, 2019 yilda “Brilliant liga”da 6000 dollardan ko'p mukofot puli olganlarga berilmasligi ham belgilab qo'yilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing