So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

03 dek 16:43
Yangiliklar

Engil atletika, Parij-2024

Ajoyib yangilik: O'zbekiston Parij Olimpiadasi uchun navbatdagi licenziyani qo'lga kiritdi

Engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, yarim marafon bo'yicha milliy rekord sohibi SHohruh Davlatov marafon dasturida (42 km, 195 metr) Parij-2024 Olimpiada normativini bajarishga muvaffaq bo'ldi.

Hamyurtimiz Ispaniyada o'tgan nufuzli “Valencia Marathon Trinidad Alfonso” musobaqasidagi natijasi orqali 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Davlatov mazkur turnirda 2:07:02 (2 soat, 7 daqiqa, 2 soniya) natija qayd etdi. Bu Parij-2024 Olimpiadasi uchun qo'yilgan talabdan 1 daqiqa, 8 soniya yaxshiroq natija. SHuningdek, SHohruh ushbu ko'rsatkich bilan 38 yil avval o'rnatilgan milliy rekordni (2:13:28) ham yangilashga muvaffaq bo'ldi. Valensiyadagi nufuzli musobaqada Davlatov umumiy hisobda 19-o'rinni egallagan.

SHuni alohida takidlash o'rinliki, surxondaryolik atletimiz ushbu natijaga erishish uchun so'nggi ikki yil ichida bir necha oy dunyoning eng kuchli marafonchilari etishib chiqqan Keniyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etdi. Bu O'zbekiston delegaciyasining Parij-2024 Olimpiadasiga qo'lga kiritgan 15-yo'llanmasi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing