So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

10 apr 20:04
Yangiliklar

Og'ir atletika

Akbar Jo'raev Jahon kubogida 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi! Uning vaznidagi yana bir hamyurtimiz ham sovrindor bo'ldi

Tailandning Pxuket shahrida davom etayotgan og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon Kubogining yana bir kuni ortda qoldi.

Musobaqaning  bugungi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining uch nafar azosi supachaga ko'tarildi.

Dastlab, ayollar o'rtasida +87 kg vazn toifasidagi sportchimiz Tursunoy Jabborova o'z bahsini o'tkazdi. "A" guruhida ishtirok etgan hamyurtimiz dast ko'tarishda 119 kg natija qayd etib, beshinchi bo'ldi. Afsuski, Tursunoy siltab ko'tarish bellashuvlarida uchta imkoniyatning birortasidan foydalana olmadi.

Erkaklar o'rtasidagi -109 kg vazn toifasi bellashuvlarida esa termamizning ikki nafar vakili - Akbar Jo'raev hamda SHarofiddin Amriddinov qatnashdi.

Quvonarlisi, Akbar Jo'raev dast ko'tarishda 189 kg, siltab ko'tarishda 227 kg va ikki kurash natijasiga ko'ra, 416 kg natija bilan uchchala yo'nalishda ham oltin medalga sazovor bo'ldi.

Yana bir vakilimiz SHarofiddin Amriddinov esa dast ko'tarishda 170 kg natija bilan bronza medalini qo'lga kiritdi. Yosh sportchimiz siltab ko'tarishda 208 kg va ikki kurash natijasiga ko'ra 378 kg natija bilan mos ravishda 5- va 4-o'rinlarni egalladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing