So’nggi yangiliklar

16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0 11:48Париж-2024 ареналари: Эйфель минорасининг ёнида жойлашган “Гран-Пале-Эфемер” билан танишинг 0 11:27Қозоғистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди. Унинг йиллик маоши 1,2 миллион евро 0 11:05UFC 302 турнири иштирокчилари тарозида қандай вазн кўрсатишди? 0

07 mar 14:10
Yangiliklar

Voleybol

Andijonda voleybol bo'yicha ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionatining 1-tur o'yinlari yakunlandi

Teglar :  Voleybol
Andijon shahrida voleybol bo'yicha ayollar jamoalari o'rtasida O'zbekiston XXVIII chempionatining 1-tur o'yinlari o'tkazildi.

Musobaqa Andijon davlat tibbiyot instituti sport majmuasida tashkil etildi.

Bu yilgi musobaqada 7ta jamoa bahslarga kirishdi. Bular - amaldagi mamlakat chempionlari, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining SKUF, "Namangan", "Xorazm", "Andijon", Nukus davlat pedagogika instituti, "JDPI-Ziyokor" (Jizzax davlat pedagogika instituti) hamda Farg'ona davlat universitetining "FarDU" jamoalaridir.

Musobaqada bu safar ham SKUF jamoasi raqiblaridan bir bosh ustun ekanligini ko'rsatdi va barcha o'yinlarda g'alabaga erishdi. Ular faqat Namangan viloyati voleybolchi qizlariga bir partiyani boy berdi, qolgan barcha o'yinlarda zafar quchib, 18 ochko bilan 1-tur bahslarida yuz foizlik natija qayd etishdi.

Musobaqa mezbonlariga o'z uyida devorlar ham yordam berdimi yoki jamoa haqiqatan sezilarli darajada kuchayganmi, xullas andijonlik voleybolchi qizlar SKUFga yutqazgan bo'lsa, qolgan barcha raqiblaridan ustunligini namoyish etdi. Ular 15 ochko bilan 2-o'rinni egallab turishibdi.

Namanganlik voleybolchilar esa to'rt g'alaba va ikki mag'lubiyat qayd etgan holda kuchli uchlikka yakun yasab turishibdi.

Keyingi pog'onalarni "NDPU", "JDPI-Ziyokor", "Xorazm" va FarDU jamoalari band etishgan.

Ertaga erkaklar jamoalari Navoiy shahrida to'planishadi va 9 martdan bu erda O'zbekiston XXIX chempionati bahslariga start beriladi.

 



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing