So’nggi yangiliklar

15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0

12 okt 08:01
Yangiliklar

Zamonaviy beshkurash

Bahromjon Gaziev O'zbekiston polo federaciyasiga rais etib saylandi

Yil sayin mamlakatimizda bir qator yangi sport turlari bo'yicha milliy federaciya va associaciyalar tashkil qilinmoqda.

Bugun yurtimizga yangi sport turi kirib keldi, deb aytish mumkin. Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida kuni kecha ochilgan O'zbekiston polo federaciyasiga yangi rahbar saylash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi. Oybek Omilovich dastavval tadbirning kun tartibi bilan tanishtirib o'tdi. SHundan so'ng kun tartibidagi birinchi masala – O'zbekiston polo federaciyasiga yangi rahbar saylash jarayoniga o'tildi. Bu borada O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasining raisi Bahromjon Gaziev nomzodi ilgari surildi. Ishtirokchilar nomzodni bir ovozdan maqullashdi va B.Gaziev O'zbekiston polo federaciyasiga rais etib saylandi.

Tadbir davomida Bahromjon Valievich yangi lavozimga saylangani haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Ushbu lavozimga loyiq ko'rganingiz uchun barchangizdan minnatdorman. Bu men uchun sharaf. Elkamda katta masuliyat turganini his qilib turibman. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Temuriylar davrida xalqimiz sevib o'ynagan ushbu sport turini qaytarish vaqti keldi. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, Xalqaro polo federaciyasi va boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'yamiz», – dedi Bahromjon Gaziev.

SHundan so'ng federaciya rahbariyatining boshqa lavozimlariga vakillar saylandi. Unga ko'ra, O'zbekiston polo federaciyasining rahbariyati quyidagicha ko'rinish oldi:

Federaciya raisi: Bahromjon Gaziev
Faxriy rais: Komiljon Karimov
Rais maslahatchisi: Yakov Ribalskiy
Rais o'rinbosarlari: Bahrom Mirmaksimov, Kseniya Gulyamova, Axror Haydarov.
Bosh kotib: Abdurasul Mo'minov

Tadbir davomida MOQ vice-prizedenti, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov ham so'zga chiqib, yangi jamoaning kelajakdagi faoliyatiga omad tilab o'tdi.

SHuning bilan O'zbekiston polo federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing