So’nggi yangiliklar

14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0

27 apr 07:49
Yangiliklar

Boshqalar

Baland hilpirasin Vatan bayrog'i! Ko'zguda Navoiy YAKSTISM

Teglar :  NavoiyYAKSTISM
O'g'il-qizlarimizning jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan qiziqishining ortishi, katta sport sari dadil qadam tashlashi va albatta terma jamoalarimiz safida xalqaro musobaqalarda g'alaba qozonib, Yurt shanini ulug'lashida sport maktablarining o'rni beqiyos.

Xususan, uzoq yillardan buyon iqtidorli sportchilarni tayyorlab, sport turlari bo'yicha mamlakat terma jamolariga munosib nomzodlarni etkazib berayotgan Navoiy viloyati Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida ham yuqorida takidlaganimizdek, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, malakali murabbiylar qo'l ostida shug'ullanayotgan sportchilarini xalqaro musobaqalarda kuchli uchlikdan o'rin olishi asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.

Xabaringiz bor, 2025 yil poytaxtimizda o'smirlar o'rtasida Osiyo o'yinlari o'tishi belgilangan. Ushbu yirik sport anjumanida munosib ishtirok etish, qitaning “kichik Olimpiadasi”da medallar bilan muxlislarni xushnud qilish murabbiy va atletlarimiz oldidagi ustuvor vazifa sanaladi.

Jumladan, Oybek Jumanazarov rahbarlik qilayotgan Navoiy viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi ham bu bo'yicha o'z chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqqan hamda izchil amalga oshirmoqda.

SHu boiski, 2025 yilda o'smirlar o'rtasida o'tadigan Osiyo o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida shu yilning fevral oyidan buyon viloyat chempionatlaridan saralangan 2008-2009 yillarda tug'ilgan sportchilar ishtirokida YAKSTISM sport majmuasida malakali murabbiylar qo'l ostida kurash, dzyudo, sambo, erkin va yunon rum kurashi bo'yicha o'n besh kunlik o'quv –mashg'ulot yig'inlari uzluksiz tarzda tashkil qilinmoqda.  

Navoiy viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida ayni paytda sportning erkin kurash, yunon-rum kurashi, dzyudo, boks, taekvondo WTF, karate, qilichbozlik, og'ir atletika, kurash va sambo bo'yicha 1350 nafardan ortiq yigit-qizlardan iborat sportchilar 77 nafar tajribali murabbiylar qo'l ostida mashg'ulotlarda qatnashmoqda.

Navoiy viloyati YAKSTISM sportchilarining 358 nafari sport ustaligiga nomzod, 61 nafari sport ustasi hamda 8 nafari xalqaro toifadagi sport ustasi ekani natijadorlik, samaradorlik yaxshi ekanligini ko'rsatadi.

Mazkur YAKSTISMda mashg'ulotlarga zo'r berayotgan sportchilar Osiyo va jahon chempionatlari, xalqaro musobaqalarda kuchlilar qatoridan joy olayotgani esa ayni haqiqat. 

Jumladan, yaqinda qilichbozlik bo'yicha Bahrayn davlatida o'tgan Osiyo chempionatida navoiylik shpaga ustalari terma jamoamizga bronza medalini taqdim etdi va medallarga ega bo'lganlar qatorida sport maktabi tarbiyalanuvchisi Meyrxan Timurov ham shohsupaga ko'tarildi.

Hozirda qilichbozlarimiz Parij Olimpiadasi yo'lida o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazishmoqda. Sambo bo'yicha joriy yilgi mamlakat chempionatida Marjona Tursunova barcha raqiblarini mag'lub etib, terma jamoadagi o'rnini mustahkamladi. Endi u jahon va Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Murabbiy Sanat Rahimovning shogirdi Xo'jaqul Ergashev esa o'smirlar o'rtasida tashkil etilgan sambo bo'yicha respublika birinchiligida shohsupaning eng yuqorisidan joy egallab, sport ishqibozlarini xushnud etdi.

SHuningdek, para dzyudochilar ham Para Osiyo o'yinlari hamda Paralimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritish, tatamida shov-shuvli va matonatli g'alabalarga erishish yo'lida mashg'ulotlarda faollik ko'rsatishmoqda. 

Masalan, yaqinda ular YAKSTISMning tajribali murabbiylari SHahobiddin SHaripov hamda Sulton Isoqov boshchiligidagi seminarda sport turi qoidalarini mukammal o'zlashtirish bo'yicha benazir saboqlar olishdi. 

Sport maktabining umidli tarbiyalanuvchisi, mahoratli dzyudochi Laziza Haydarova yaqinda Germaniyaning Bremen shahri mezbonlik qilgan "Bremen masters" xalqaro turnirida 48 kg vazn toifasida oltin medalga erishib, muxlis va mutaxassislarning etiborini o'ziga qaratdi. Demak, o'zbek sportida yana bir dongdor kurashchi porlab chiqmoqda.

Kurash bo'yicha o'tgan kattalar o'rtasidagi mamlakat kubogi bahslarida Navoiy viloyat yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi polvonlari g'olibona qatnashishdi. Jumladan, 66 kg vazn toifasida Otabek Hasanov oltin, Dilshod SHopo'latov (60 kg) kumush, Muhammad Jumaev (73 kg), Gulina Obloqulova (78 kg), Sevara Husenova (87 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

Yunon-rum kurashi ustasi Islomjon Rahmatov kattalar o'rtasidagi respublika saralash musobaqasida g'olib bo'lib, Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida o'tadigan Osiyo chempionatida O'zbekiston sharafini himoya qilish huquqini qo'lga kiritdi.

— Sport maktabimiz rahbariyati, mutasaddilar bizga barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda, — dedi suhbatdoshimiz, yunon-rum kurashi murabbiysi Suhrob Fattoev. — Barcha sport turlaridan o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazilmoqda. Jamoalarimiz taqvimdagi musobaqalarda faol qatnashmoqda. Eng asosiysi, barcha sport turlaridan o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan fidoiy murabbiylar ish olib borishmoqda. Bu esa ertangi yuqori natijalar kafolatidir...

Murabbiy to'g'ri takidladi. Navoiy viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida ishchan jamoa shakllangan. SHaroitlar ko'ngildagidek, misol tariqasida qo'lga kiritilayotgan yuqori natijalarni ko'plab keltirish mumkin. 

Navoiy shahriga ko'rk berib turgan shinam, keng va yorug' sport zallari, undagi qulayliklar faqat va faqat mehnat qilish, ko'rsatkichlarni yanada yaxshilashga qaratilgan. Demak, navoiylik yakka kurash ustalaridan joriy yilda yana muzaffariyat bayrog'ini baland hilpiratish, xalqaro maydonlarda O'zbekiston madhiyasini g'olibona, baralla kuylash saodatini kutib qolamiz...

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing