So’nggi yangiliklar

18:15"Реал"дагилар Мбаппе жамоага салбий таъсир қилишидан ҳавотир олишмоқда 0 17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0

22 may 17:41
Yangiliklar

Suv sporti turlari

“Baltimor o'qi” yoki siz bilgan va bilmagan Maykl Felps

Teglar :  SuzishMaykl Felps
Yozgi yoki Qishki Olimpiya o'yinlarining g'oliblari – Olimpiya chempionlari o'zgarmaydigan unvonga egalar, yani sobiq Olimpiya chempionlari bo'lmaydi.

Olimpiya o'yinlarida ham shaxsiy, ham jamoaviy musobaqalar g'oliblari olimpiya chempionlari unvoniga ega bo'ladi. Bunda bitta Olimpiya o'yinida jamoaviy sport turlari va ixtisoslashishga ko'ra ayrim shaxsiy musobaqalarda faqat bir marta Olimpiya chempioni bo'lish mumkin bo'lsa, boshqa shaxsiy musobaqalarda sportchilar besh marta va undan ham ko'proq Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo'la olishadi.

Olimpiya o'yinlarida eng ko'p oltin medalga ega sportchi – amerikalik suzuvchi Maykl Felpsdir. U 23 karra Olimpiya chempionidir (13 marta – shaxsiy musobaqalarda va 10 marta – estafetalarda). Paavo Nurmi, Larisa Latinina, Mark Spitc, Karl Lyuis to'qqiz martadan Olimpiya chempionlari bo'lganlar.

Maykl Felps, shuningdek 50 metrli suzish havzasida 26 karra jahon chempioni va ko'p marta jahon rekordchisidir. SHuning uchun uni “Baltimor o'qi” yoki “Uchuvchi baliq” deb nomlashadi. Unga, ayniqsa erkin va batterflyay usulda suzish, shuningdek kompleks suzishda teng keladiganlar topilmagan.


Maykl Felps AQSHning Baltimor shahri shimolidagi Tousonda tug'ilgan. Suzish bilan 7 yoshdan boshlab shug'ullangan, 10 yoshligida o'zining yosh guruhida AQSHning milliy rekordini o'rnatgan. Maykl Felps trener Bob Bouman rahbarligida mashq qilgan. 15 yoshligida 2000 yilgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, keyingi 68 yilda Olimpiyalarda AQSH terma jamoasi safida ishtirok etgan birinchi eng yosh sportchi bo'lgan. O'sha Olimpiadada u 200 metrga batterflyay ususlida suzishda final musobaqalarida beshinchi o'rinni egallagan.

2001 yil 30 martda suv sporti turlari bo'yicha jahon chempionatida Maykl Felps 200 metrga batterflyay usulida suzishda jahon rekordini o'rnatgan. SHu tarzda u 15 yoshu 9 oyligida suzish bo'yicha jahon rekordi o'rnatgan birinchi sportchi bo'lgan.

2004 yilda Afinada bo'lib o'tgan Olimpiadada 19 yoshli Felps sakkizta medal sohibi bo'lgan, ularning oltitasi oltin va ikkitasi bronza medali edi. SHu bilan birga uchta Olimpiya o'yinlari va bitta jahon rekordlarini o'rnatgan. Bundan tashqari sportchining bitta Olimpiadada qozongan sakkizta medali mashhur gimnastikachi Aleksandr Dityatin tomonidan 1980 yilda Moskva Olimpiadasida o'rnatilgan rekordning takrorlanishi bo'lgan.

Maykl Felps 2008 yilda Pekinda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida o'zi qatnashgan barcha sakkizta musobaqada g'olib chiqqan. Bu bilan u Mark Spitcning Myunxendagi 1972 yilgi rekordini (bir Olimpiadada etti oltin medal) yangilagan. Natijada u 14 karra Olimpiya o'yinlari chempioni bo'lgan. Bu bilan u fin engil atletikachisi Paavo Nurmi, amerikalik engil atletikachi Karl Lyuis va o'z sport turi bo'yicha vatandoshi Mark Spitcni orqada qoldirib, zamonaviy Olimpiya o'yinlarining eng ko'p marta chempioniga aylangan.

2012 yilda Londonda o'tkazilgan Yozgi Olimpiadada Maykl Felps qozongan barcha olimpiya medallarining soni bo'yicha (22 ta) Olimpiya o'yinlari barcha sport turlari bo'yicha 48 yil davomida o'zgarmay turgan mashhur gimnastikachi Larisa Latininaning rekordidan (18 ta olimpiya medali) o'zib ketgan.

Rio-de-Janerodagi 2016 yilgi Yozgi Olimpiadada esa Felps yana beshta oltin medal sohibi bo'lgan. U 200 metrga kompleks suzish bo'yicha musobaqada g'olib chiqib, birinchi marta bir sport turida bir masofaga suzishda to'rtta Olimpiada chempioniga aylangan.

2004 yilda Maykl Felpsning tug'ilgan shahri – Baltimordagi ko'chalardan biriga uning nomi berilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing