So’nggi yangiliklar

17:15Тарихда илк бор "Мастерс" 1/2 финалида икки чилилик ўйнайди 0 16:54Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери 0 16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0

01 mar 19:54
Yangiliklar

Bolalar sporti

Barkamol avlod: o'quvchi-yoshlar Prezident sovrini uchun munosib kurashmoqda

Teglar :  Barkamol avlod
2021 yilning dekabr oyidan boshlab akademik licey va professional talim muassasalari o'quvchi-yoshlari o'rtasida Barkamol avlod sport o'yinlarining respublika final bosqichiga start berildi.

Dekabr va fevral oylarida mazkur sport o'yinlarida bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan 14 ta musobaqaning 6 tasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqaning respublika final bosqichi birinchi musobaqasi dekabr oyida dzyudo bo'yicha tashkil etilib, unga Nukus shahri mezbonlik qilgan edi. Ikkinchi musobaqa Jizzax shahrida engil atletika bo'yicha tashkil etildi va uchinchi musobaqa kurash bo'yicha Buxoroda bo'lib o'tdi.

Qisqa tanaffusdan so'ng, fevral oyida Xorazm viloyatida voleybol bo'yicha qizlar o'rtasida, ushbu sport turi bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqa Toshkent shahrida va hozircha so'nggi musobaqa gandbol bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasida Andijon viloyatida o'tkazildi.

Hammamizga malumki, 12 ta sport turidan o'tkaziluvchi «Barkamol avlod» sport o'yinlarining respublika final bosqichi yakunida 14 ta hududning har bir musobaqa davomida to'plagan ochkolari hisobiga ko'ra umumjamoa hisobida g'oliblikni qo'lga kiritgan hudud aniqlanadi.

O'tkazilgan 6 ta musobaqadan so'ng, yakuniy jadvalni xorazmlik sportchilar 66 ochko bilan boshqarib turishibdi. Etiborlisi, Xarzm terma jamoasi vakillari biror marta ham musobaqada umumjamoa hisobida 1-o'rinni qo'lga kiritmagan, lekin ular o'tkazilgan 6 ta musobaqani 5 marta kuchli to'rtlikda yakunlashni uddasidan chiqishdi. SHu sababdan xorazmliklarning to'plagan ochkolari salmoqli ko'rinishga ega.

Jadvalning ikkinchi o'rinida 65 ochko bilan Samarqand viloyati vakillari joy olgan. Ular o'tkazilgan musobaqalarda 1 marta 2-o'rinni va 3 marta 3-o'rinni egallashgan.

Jadvalning uchinchi o'rinidan bir yo'la ikki hudud joy olgan. Buxoro va Farg'ona viloyati sportchilari hozircha bir xil 63 ochko jamg'arishgan.

Bunda buxoroliklarning kurash va engil atletika bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritgani asosiy omil bo'lib turgan bo'lsa, farg'onaliklar voleybol musobaqalarida ham qizlar ham o'g'il bolalar o'rtasida eng kuchli jamoa ekanliklarini isbotlashdi.

«Barkamol avlod-2021» sport o'yinlarining respublika final bosqichi yakuniga qadar 7 ta sport turi bo'yicha yana 8 ta musobaqa o'tkaziladi. SHu boisdan ushbu jadvalda hududlar bir necha marta o'zaro o'rin almashishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, final bosqichi yakunida jadvalning yuqori uchligidan o'rin olgan hududlarning sportchi-yoshlariga Prezident sovrinlari topshiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing