So’nggi yangiliklar

15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0

07 fev 10:27
Yangiliklar

Eshkak eshish

Baydarka va kanoechilarimizning licenzion musobaqaga tayyorgarligi o'rganildi + FOTO

Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev boshchiligida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tgandi.

Unda terma jamoalarimizning Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarligini yanada kuchaytirish bo'yicha muhim topshiriqlar berildi.

Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi xorijda shug'ullanayotgan terma jamoalarning sharoitini batafsil o'rganmoqda. Qo'mita raisi o'rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh bugun Turkiyaning Belek shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha terma jamoalarimizning bazasiga borib, sportchi va murabbiylar uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi.

Terma jamoa 2023 yilning dekabr oyidan beri bir necha bosqichdan iborat uzluksiz mashg'ulotlarni olib boryapti. Tayyorgarlik joriy yilning aprel oyida Yaponiyada o'tadigan qitaviy licenzion musobaqaga qaratilgan. SHerzod Tashmatov sportchilarning mashg'ulotini bevosita kuzatib, ularga yaratilgan sharoitlar, ruhiy va jismoniy holatini o'rgandi.

SHuningdek, murabbiylar shtabi bilan suhbatda litsenzion musobaqa uchun shakllantirilayotgan ekipajlar, ularning imkoniyatlari bo'yicha fikr almashildi. MOQ raisi o'rinbosari jamoaga bo'lajak turnirda munosib ishtirok etib, mamlakatimizga Olimpiya o'yinlarining yo'llanmalari bilan qaytishlarini tiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing