So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

27 iyu 09:19
Yangiliklar

O'q otish

Bayramni bezagan bahslar yoxud qalam ahli merganlik borasida bellashishdi

Teglar :  O'q otishOAVUrganch
Mamlakatimizda har yili 27 iyun – Matbuot va ommaviy axbarot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.

Ushbu qutlug' sana munosabati bilan joylarda uchrashuvlar, davra suhbatlari va sport musobaqalari o'tkazish ananaga aylangan. 

O'zbekiston Respublikasi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi, Prezident Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi hamkorligida pnevmatik miltiqdan o'q otish bo'yicha tashkil etilgan Xorazm viloyati musobaqasi ana shular sirasidan, albatta.

Urganch tumani o'quv-sport texnika klubi sport bazasida uyushtirilgan mazkur birinchilikda vohada faoliyat yuritayotgan axborot xizmati rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, xususan, matbuot, televidenie, radio eshittirish xodimlari, jurnalist va blogerlar o'zlarining merganlik mahoratini sinovdan o'tkazishdi.

Bahslar kutilganidek juda qiziqarli kechdi. Yakuniy sarhisoblarga ko'ra, ayollar birinchiligida “8 TV” telekanali jurnalisti Feruza Ochilova zafar quchdi. Xorazm radiosi suxandoni   Bekposhsha Erkaeva ikkinchi, “8 TV” telekanali muxbiri Guli Zaripova uchinchi o'rinni egalladi. 

Erkaklar musobaqasida esa murojaat24.uz veb-sayti muharriri Najotbek Masharipov mohir mergan ekanligini isbotlab berdi. U haqli ravishda g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ushbu yo'nalishda “S-Iqbol TV” telekanali masul xodimi Ilhom Matrasulov ikkinchi, “Istemolchi va huquq” gazetasining hududiy muxbiri Qahramon Eshchanov uchinchi o'rinni band etdi.

Ha aytgancha, tadbir doirasida “Vatanparvar – mening tanlovim” shiori ostida davra suhbati ham tashkil etildi. Unda “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi raisi Davron Ibragimov va Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i D.Bekchanova qatnashib, joylarda faoliyat yuritayotgan axborot xizmati rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarning jamiyatimizda tutgan munosib o'rni haqida so'z yuritishdi. 

SHuningdek, davra suhbati qatnashchilari “Vatanparvar” tashkilotining maqsad va vazifalari borasida malumotga ega bo'lishdi, o'zlarining qiziqtirgan savollarga to'laqonli javoblar olishdi.

Tabir joizki, sport motocikllari va velosipedlari, karting va parashyut sporti anjomlaridan iborat ko'rgazma ham tadbirga o'zgacha fayz va tarovat bag'ishladi.

- Bugungi tadbir ijod ahlida unutilmas taassurotlar qoldirdi, barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Sport – sog'lik garovi ekanligini yana bir bor isbotlab berdi. Fursatdan foydalanib, bizga mana shunday quvonchli onlarni tuhfa etgan tashkilotchilarga samimiy minnatdorchiligimizni izhor qilamiz, - deydi Urganch shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Bahodir Xudayberganov.

Musobaqaning yopilish marosimi tantanali tarzda o'tkazildi. Birinchilikning g'olib va sovrindorlar tegishli darajadagi diplom va sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Ikrom XUDOYBERGANOV, O'zbekiston sport faxriysi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing