So’nggi yangiliklar

17:15Тарихда илк бор "Мастерс" 1/2 финалида икки чилилик ўйнайди 0 16:54Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери 0 16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0

23 sen 17:22
Yangiliklar

Triatlon

BEFIT RACE – yangi formatdagi musobaqalar Toshkentdagi ekoparkda bo'lib o'tdi

Teglar :  Triatlon
2019 yil 22 sentyabrda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Markaziy ekopark hududida mutlaqo yangi formatda, Sog'lom insonlar – sog'lom millat zaminidir shiori ostida BEFIT RACE sport musobaqalari bo'lib o'tdi.

BEFIT RACE – jami 5 km masofa va to'siqlarni engish, suzish, yugurish va boshqa ko'p sport mashqlarini o'z ichiga olgan musobaqa – kuch va chidamlilikning haqiqiy sinovidir. Ushbu musobaqa kuch sinashning eng yaxshi usullaridan biri.

Ushbu tadbir mamlakatimizda sog'lom turmush tarzi, sport va fitnessni rivojlantirish va targ'ib qilishda yana bir qadam, shuningdek shahar hayotidagi ulkan sport musobaqasi bo'ldi. BEFIT RACE O'zbekiston poytaxtining markazida faol hayot tarzi tarafdorlari va muxlislarini o'z atrofida birlashtirdi. Bunday tadbirlar sport muhitini rivojlantiradi, sportchilar va havaskorlar o'zlarini rivojlantirishiga turtki beradi.

Musobaqa dasturiga yakka va jamoaviy yonalishlar kiritilgan: 60 nafar sportchi yakka tartibda ishtirok etdilar, jamoaviy bahsda esa har biri 5 kishidan iborat 6 ta jamoa chempionlik uchun kurashishdi. Ushbu musobaqalar vaqtga o'tkazilib, o'rtacha va yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlikka mo'ljallangan.

Mehmon va tomoshabinlar uchun "Vyacheslav Evgenich"dan tayyorlangan maxsus ko'ngilochar dastur va DJ Samning musiqiy kayfiyati musobaqalar davomida ajoyib sport bayrami muhitini yaratdi. Taqdirlash marosimi o'zbek estrada yulduzlarining yorqin koncerti bilan yakunlandi: Yulduz Usmonova, SHahzoda, DJ Piligrim, Munisa Rizaeva, “SHahzod” guruhi va boshqa yulduzlar o'zlarining xit qo'shiqlari bilan mehmonlarga quvonch ulashdilar.

MUSOBAQA BOSQICHLARI
1. Eshkak eshish
2. SHinalar bilan yugurish
3. Nishablangan devor (to'r)
4. Suzish
5. Nishablangan devor (arqon)
6. To'siqli yo'lakda qop bilan yugurish
7. To'siqlar
8. Devorga ko'tarilish
9. SHinalarni ag'darish
10. Qoplarni ko'tarish
11. To'r
12. Qoplar
13. Arqonlar

MUKOFOTLAR FONDI
Yakka tartibdagi ishtirokchilar:

1-o'rin - 5.000.000 so'm erkak/ayol
2-o'rin - 3 000 000 so'mlik erkak/ayol
3-o'rin - 2.000.000 so'm erkak/ayol
Jamoaviy musobaqalar:
G'olib jamoaga 5.000.000 so'm beriladi.

NATIJALAR
Ayollar

3-o'rin – Korotkova Elena
2-o'rin – Bugakova Adeliya
1-o'rin – Dackovskaya Ekaterina

Erkaklar
3-o'rin – SHadrin Semyon
2-o'rin – Zaycev Aleksey
1-o'rin – Saleniy Aleksandr

Jamoaviy musobaqa g'olibi – Ahmat CrossFit Arena / CrossFit 998

Faxriy o'rin – yosh toifasi bo'yicha 1-o'rin – Gulsum Abdusamatova (65 yosh)



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing