So’nggi yangiliklar

17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0

06 mar 14:25
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash: CHirchiqda O'zbekiston chempionati o'tkazildi + FOTO

4-5 mart kunlari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida belbog'li kurash bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionati bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafardan ortiq yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi. 

CHempionat bahslarida dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda CHirchiq shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Juratbek Rahmonov, CHirchiq shahar prokurori, "Sodiq xizmatlari uchun" medali sohibi, shahar kurash federaciyasi raisi Xayrulla Bo'riev, Osiyo belbog'li kurash konfederaciyasi raisi Mo'min Muratov, O'zbekiston "Adolat" SDP Siyosiy Kengashi raisi o'rinbosari Abdukamol Rahmonov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar ishtirok etib, yosh polvonlarni qutlashdi va ularga musobaqalarda omad tilashdi.   

Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu chempionatda o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 11 tadan vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash tushishdi. Hakamlar hayati raisi Toshkentboy Yaxshiboev boshchiligidagi bir guruh hakamlar esa musobaqani boshqarib borishdi.

G'olib va sovrindorlar:

Erkin yo'nalish (O'g'il bolalar)

42 kg. SHohjahon Abdullaev ( Farg'ona), 45 kg. Samandar Burhonov (Jizzax), 50 kg. Sardor Abdullaev (Toshkent v.), 55 kg. SHoxruh Primov (Navoiy), 60 kg. Quvonch Xurramov (Samarqand), 65 kg.Asilbek Tojiboev (Toshkent sh.), 71 kg. Xojiakbar No'monov (Andijon), 77 kg. Abdukarim Toshpo'latov (Samarqand), 85 kg. Muhammadyusuf Mamajonov (Farg'ona), 95 kg. Navro'z Mamayusupov (Navoiy), +95 kg. Akobir Qurbonov (Buxoro).

Erkin yo'nalish (Qizlar)

44 kg. Jasmina Mamurjonova (Farg'ona), 48 kg. Gulsanam Abdukarimova (Farg'ona), 52 kg. Feruza Sobirova (Namangan), 57 kg. Muslima Tursunalieva (Andijon), 63 kg. Feruza Yusupjonova (Namangan), 70 kg. Oydina Ergasheva (Namangan), +70 kg. Xurgidaxon Oslonboeva (Farg'ona).

O'g'il bolalar. Belbog'li kurashning klassik yo'nalishi

42 kg. Ahror G'ofurjonov (Namangan), 45 kg. Xumoyunmirzo Biloldinov (Andijon), 50 kg. SHuhratbek Qirg'izboev (Andijon), 55 kg. Abbos Ahmadjonov (Namangan), 60 kg. Samandar Soliev (Farg'ona), 65 kg. Ilyosbek Yuldoshev (Andijon), 71 kg. Ozodbek Abdusattorov (Farg'ona), 77 kg. Muhammadqodir Karimjonov (Toshkent sh.), 85 kg. Olloberdi Karimberdiev (Toshkent v.), 95 kg. Eldor Mahmudov (Toshkent sh.), +95 kg. Doston Ismatullaev (Sirdaryo).

Musobaqa yakunlangach, g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing