So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

22 jan 12:19
Yangiliklar

Boshqalar

Belbog'li kurash federaciyasi tomonidan yil yakunlariga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Joriy yilning 21 yanvar kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majlislar zalida O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining 2023 yil yakunlariga bag'ishlangan tantanali tadbiri bo'lib o'tdi.


Unda jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA) bosh kotibi Anvar Muhammedov, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo'raev,  CHirchiq shahar hokimining birinchi o'rinbosari Juratbek Rahmonov, viloyat va shahar deputatlari, sportchilar, murabbiy va hakamlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov kirish so'zi bilan boshlab, ortda qolgan 2023 yil belbog'li kurash sporti uchun yuksak natijalar va muvaffaqiyatlarga boy yil bo'lganligini etirof etdi. 

Sportchilarimiz respublika va jahon miqyosida o'tkazilgan musobaqalarda shoxsupaning yuqori pog'onalaridan o'rin egallab, mamlakatimiz sport zaxirasiga medallar shodasini taqdim etishgani, yurtimiz shanini munosib himoya qilganliklarini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Marosimda  Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo'raevlar ham yig'ilganlarni qutlab, milliy  sport turlarimizga,  xususan belbog'li kurash sport turiga qaratilayotgan etibor va

belbog'li kurashni rivojlantirish masalalari haqida to'xtalib, joriy yilgi xalqaro musobaqalarda polvonlarimizga muvaffaqiyat tiladi.

Tadbirda shuningdek, belbog'li kurash federaciyasi tomonidan turli nominaciyalar bo'yicha  g'oliblar aniqlandi. Unga ko'ra "Yilning eng yaxshi sportchisi" nominaciyasida o'g'il bolalar o'rtasida Oybek Sultonov, qizlar o'rtasida Farangiz Abdunabievalar loyiq ko'rildi. "Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominaciyasini andijonlik Jamoliddin Bozorov va farg'onalik Dilshoda Yunusovalar qo'lga kiritdi. "Yilning eng yaxshi musobaqa tashkilotchisi"ga Qoraqalpog'iston  Respublikasi va Buxoro viloyati belbog'li kurash federaciyalari munosib ko'rildi." Yilning eng yaxshi hakami" sifatida Abduhamid Pirmatov (Farg'ona) etirof etilgan bo'lsa, "Yilning eng yaxshi federaciyasi" Farg'ona viloyati belbog'li kurash federaciyasiga berildi. "Sport sohasidagi ko'p yillik xizmatlari uchun" nominaciyasi g'olibi deb Sultonboy Mirzaev (Andijon) elon qilindi.  

SHuningdek, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotganligi uchun bir qator soha vakillari va deputatlar  Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Belbog'li kurash federaciyasining doimiy hamkori hisoblangan "Adolat " SDP siyosiy kengashi tomonidan ham turli yo'nalishlar bo'yicha nominaciya g'oliblari, federaciya vakillari, sportchilar va murabbiyilarga diplom hamda esdaliklar topshirildi. 


Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing