So’nggi yangiliklar

17:15Тарихда илк бор "Мастерс" 1/2 финалида икки чилилик ўйнайди 0 16:54Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери 0 16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0

20 apr 12:40
Yangiliklar

Dzyudo

Besh nafar dzyudochimiz Osiyo chempionatining 3 ta bronza medali uchun kurashadi

Gonkong davlati mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining ilk kungi saralash bahslari ortda qoldi.

Qita birinchiligida 36 davlatdan jami 272 (166 erkak, 106 ayol) nafar dzyudochi Osiyo chempionati medallari uchun kurash olib boryapti. Musobaqada yurtimiz sharafini 17 (9 erkak, 8 ayol) nafar dzyudochi himoya qilishi haqida xabar bergan edik. 

Afsuski, Osiyo chempionatining ilk kungi saralash bahslari dzyudochilarimiz uchun biroz omadsiz keldi. Aniqrog'i, kechki dasturdagi finallarda O'zbekistondan hech kim oltin medal uchun kurashmaydi. Diyora Keldiyorova o'zining ilk uchrashuvida yaponiyalik raqibasiga yutqazib qo'ydi. Keyin bronza medali uchun o'tish bahsida jamoadoshi Sita Kadambaevani engdi. Endi kechki dasturda koreyalik dzyudochiga qarshi bronza medali uchun tatamiga chiqadi. 

-60 va -66 kg vazn toifasi bronza medallari uchun kechadigan bellashuvlarda o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Katta ehtimol bilan bu vaznlarda Olimpiadaga O'zbekiston nomidan kim borishiga oydinlik kiritiladi. Doston Ro'ziev Dilshod Baratovga, Sardor Nurillaev Muhriddin Tilovovga qarshi tatamiga chiqadi.    


Bronza medali uchun kechadigan bellashuvlar:

-52 kg: Diyora Keldiyorova - (Koreya Respublikasi dzyudochisi)

-60 kg: Doston Ro'ziev - Dilshod Baratov 

-66 kg: Sardor Nurillaev - Muhriddin Tilovov 


Qolgan dzyudochilarimiz Halimajon Qurbonova (-48 kg) va SHukurjon Aminova (-57 kg) saralash bahslaridayoq raqibalariga yutqazib, Osiyo chempionatlaridagi ishtiroklarini yakunlashdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing