So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

17 iyu 19:18
Yangiliklar

Basketbol

"Besh tashabbus Olimpiadasi" doirasida stritbol bahslari + FOTO

CHirchiqda "Besh tashabbus Olimpiadasi" doirasida stritbol bo'yicha "V" liga final bellashuvlari o'tkazilyapti.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 201-sonli qaroriga muvofiq, mahallalardagi yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yoshlarni madaniyat, sanat, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari yo'nalishlari bo'yicha iqtidorlarini kashf etish hamda qo'llab-quvvatlash maqsadida besh bosqichda (mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika darajasida) "Besh tashabbus olimpiadasi" bellashuvlari yo'lga qo'yilgan. 

Ayni paytda joylarda “Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sport turlari bo'yicha beshinchi Respublika final bellashuvlari o'tkazilmoqda. Jumladan, stritbol bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasidagi “V” liga final musobaqalariga CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mezbonlik qilmoqda.

Reglamentga ko'ra, CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. 

Ochilish marosimida ishtirok etgan O'zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi boshqarma boshlig'i Muqimjon Arziqulov, Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari Otabek Sultonbekov, Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i Miraziz Mirsultonov, CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Ravshan Gafurov va boshqalar sportchilarni qutlab, ularni musobaqalarda yuqori o'rinlarni egallashlari uchun omad tilashdi. 

Takidlash kerak, stritbol bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasida 3 ta yosh toifasida (16-21, 22-26, 27-30) Qoraqalpog'iston Respublikasi,Toshkent shahri barcha viloyatlardan 238 nafar yoshlar g'oliblik uchun bellashishmoqda. 

SHuningdek, musobaqa ishtirokchilarining bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun  shaxmat-shashka, stol tennisi, badminton o'yinlari, har kuni kechki paytda esa taniqli sanatkorlar ishtirokida madaniy tadbirlar tashkil etilgan. 

Bir so'z bilan aytganda, CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida musobaqa ishtirokchilari uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Musobaqa 20 iyunga qadar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing