So’nggi yangiliklar

17:15Тарихда илк бор "Мастерс" 1/2 финалида икки чилилик ўйнайди 0 16:54Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери 0 16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0

23 mar 09:28
Yangiliklar

Tadbirlar

Butunjahon etnosport konfederaciyasi prezidenti bilan hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi

Butunjahon etnosport konfederaciyasi prezidenti Nejmeddin Bilal Erdog'an O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi.

Martabali mehmonni O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov va MOQ rahbariyati qarshi oldi.

Samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda O'zbekiston etnosport federaciyasi raisi Oybek Norinboev ham ishtirok etdi. Tomonlar yig'ilish davomida ikki davlat o'rtasidagi do'stona aloqalarni sport sohasi orqali yanada mustahkamlash, milliy va etnosport turlarini rivojlantirish kabi istiqbolli loyihalarni ko'rib chiqishdi. Suhbatda Nejmeddin Bilal Erdog'an o'tgan yilning sentyabr oyida Xivada yuqori saviyada tashkil etilgan Xalqaro etnosport festivali haqida ijobiy fikr bildirib o'tdi.

O'z navbatida Adham Ikramov Prezidentimiz boshchiligida ommaviy va professional sport rivojiga qaratilayotgan etibor haqida gapirib, martabali mehmonni bu borada olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. SHuningdek, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Toshkent-2025 IV yoshlar Osiyo o'yinlari va uning uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasi haqida taqdimot qildi.

N.B.Erdog'an poytaxtimizda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasining loyihasiga yuqori baho berdi. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning kelgusi bosqichlarini belgilab olishdi. Tashrif yakunida Oybek Kasimov Butunjahon etnosport federaciyasi prezidentiga MOQning esdalik nishonini topshirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing