So’nggi yangiliklar

14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0

16 apr 09:33
Yangiliklar

SHaxmat

Candidates Tournament 2024. Markaziy partiyada durang qayd etildi + FOTO

SHu kunlarda Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun davogarlar o'rtasida Candidates Tournament 2024 turniri bo'lib o'tmoqda.

Erkaklar va ayollar o'rtasidagi ushbu musobaqada 8 nafardan shaxmat yulduzlari jahon tojiga davogar nomini aniqlab berish uchun o'zaro dona surishyapti. 

Mukofot jamg'armasi 500 000 evroni tashkil qiluvchi musobaqaning erkaklar o'rtasidagi bahslarida amerikaliklar Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, hind grossmeysterlari Santosh Gujrati, Gukesh Dommaradju, Rameshbabu Praggnanadha, ozarbayjonlik Nijat Abasov, franciyalik Alireza Firuzja hamda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan Yan Nepomnyashiy o'z mahoratini namoyish etmoqda.

Kecha o'tkazilgan 10-turning 2 ta partiyasida tomonlar murosaga kelishdi. Yana ikkita partiyada bir tomonning g'alabasi qayd etildi. Peshqadamlar o'rtasida kechgan markaziy uchrashuvda Gukesh va Nepomnyashiy o'zaro durang o'ynayshdi. Olti ochkodan jamg'argan bu ikki grossmeyster turnir jadvalidagi qo'shhokimlikni saqlab qolishdi. Amerikalik shaxmatchilar Xikaru Nakamura va Fabiano Karuana o'z partiyalarida raqiblarini mag'lub etib, karvonboshilarga yaqinlashib olishdi.  

Eslatib o'tamiz, 22 aprelga qadar davom etadigan ushbu turnir g'olibi amaldagi jahon chempioni, xitoylik grossmeyster Din Lijenga qarshi jahon toji uchun dona surish huquqini qo'lga kiritadi. 


Candidates Tournament 2024. 10-tur natijalari

Xikaru Nakamura (AQSH, 2789) — Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632) — 1:0

Fabiano Karuana (AQSH, 2803) — Alireza Firudja (Franciya, 2760) — 1:0

Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758) — Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) — 1/2:1/2

Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) — Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) — 1/2:1/2


10-turdan keyingi turnir jadvalidagi holat:

1-2. Yan Nepomnyashiy, Gukesh – 6 ochkodan

3-5. Pragnanandha, Nakamura, Karuana – 5,5 

6. Vidit – 5

7. Firudja – 3,5

8. Abasov – 3.


Candidates Tournament 2024. 11-tur juftliklari

Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) — Fabiano Karuana (AQSH, 2803) 

Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) — Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758)

Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) — Xikaru Nakamura (AQSH, 2789)

Alireza Firudja (Franciya, 2760) — Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632)

Malumot uchun, ushbu davogarlar turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmayapti. Boisi, musobaqaning barcha sakkiz ishtirokchisi turli saralash turnirlari orqali yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing