So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

15 apr 11:02
Yangiliklar

SHaxmat

Candidates Tournament 2024. Qo'shhokimlik davom etadi + JADVAL

SHu kunlarda Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun Candidates Tournament 2024 turniri bo'lib o'tmoqda.

Erkaklar va ayollar o'rtasidagi ushbu musobaqada 8 nafardan shaxmat yulduzlari jahon tojiga davogar nomini aniqlab berish uchun o'zaro dona surishyapti. 

Mukofot jamg'armasi 500 000 evroni tashkil qiluvchi musobaqaning erkaklar o'rtasidagi bahslarida amerikaliklar Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, hind grossmeysterlari Santosh Gujrati, Gukesh Dommaradju, Rameshbabu Praggnanadha, ozarbayjonlik Nijat Abasov, franciyalik Alireza Firuzja hamda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan Yan Nepomnyashiy o'z mahoratini namoyish etmoqda.

Kecha o'tkazilgan 9-turning 3 ta partiyasida tomonlar murosaga kelishdi. Faqat bitta partiyada Vidit Gudjrati peshqadamlar safida borayotgan amerikalik Xikaru Nakamurani mag'lub etishni uddaladi. Turnir jadvalida qo'shhokimlik qilib kelayotgan Dommaradju Gukesh va Yan Nepomnyashiy o'z partiyalarida durangga imzo chekishdi. 

Eslatib o'tamiz, 22 aprelga qadar davom etadigan ushbu turnir g'olibi amaldagi jahon chempioni, xitoylik grossmeyster Din Lijenga qarshi jahon toji uchun dona surish huquqini qo'lga kiritadi. 


Candidates Tournament 2024. 9-tur natijalari

Alireza Firudja (Franciya, 2760) — Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758) — 1/2:1/2

Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) — Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) — 1/2:1/2

Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632) — Fabiano Karuana (AQSH, 2803) — 1/2:1/2

Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) — Xikaru Nakamura (AQSH, 2789) — 1:0

9-turdan keyingi turnir jadvalidagi holat:

1-2. Yan Nepomnyashiy, Gukesh – 5,5 ochkodan

3. Pragnanandha – 5 

4-6. Karuana, Nakamura, Vidit – 4,5

7. Firudja – 3,5

8. Abasov – 3.

Candidates Tournament 2024. 10-tur juftliklari

Xikaru Nakamura (AQSH, 2789) — Nijat Abasov (Ozarbayjon, 2632)

Fabiano Karuana (AQSH, 2803) — Alireza Firudja (Franciya, 2760) 

Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2758) — Gukesh Dommaradju (Hindiston, 2743) 

Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747) — Vidit Gudjrati (Hindiston, 2727) 


Malumot uchun, ushbu davogarlar turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmayapti. Boisi, musobaqaning barcha sakkiz ishtirokchisi turli saralash turnirlari orqali yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing