So’nggi yangiliklar

18:15"Реал"дагилар Мбаппе жамоага салбий таъсир қилишидан ҳавотир олишмоқда 0 17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0

04 dek 19:45
Yangiliklar

Ot Sporti

CHavandozimiz Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli yakunladi

Teglar :  Ot sporti
1-3 dekabr kunlari Gongkongda ot sportining konkur yo'nalishi bo'yicha 20 yoshli sportchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azosi Saidamirxon Turg'unboev muvaffaqiyatli ishtirok etib yakunda kumush medali sovrindori bo'ldi.

Etiborlisi, bu so'nggi 20 yil davomida o'zbek chavandozining to'siqlardan sakrash (konkur) bo'yicha o'tkazilgan qita chempionatlarida qo'lga kiritgan ilk medali bo'ldi.

Takidlash kerak, hamyurtimizning bunday nufuzli musobaqada ishtirok etib, jahonning yigirma nafar tajribali chavandozlari orasida shohsupaning ikkinchi o'rniga ko'tarilishida Prezidentimizning “O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi qarori va uning amaldagi ijrosi mujassam. 

Bellashuvlarda QuickMoney laqabli otda ishtirok etgan chavandozimiz qisqa muddatda otni o'ziga bo'ysundirdi. SHuningdek, final bosqichidagi 8 nafar raqobatchilari orasida o'z iqtidorini to'laqonli nomayon eta oldi. Faqat so'nggi lahzalardagi kichik xatosi sabab oltin medal uchun kechgan kurashni raqibiga boy berib qo'ydi.
Bahslarni kuzatib borgan murabbiy Aziz Sodiqovning aytishicha, yosh sportchimizga oxirgi bosqichda ozgina dadillik etishmagan. Ammo shunga qaramay Saidamirxoning Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokini alohida etirof etish lozim.

Musobaqa sovrindorlarini Osiyo ot sporti federaciyasi prezidenti Hamad bin Abdulrahmon al-Attiya samimiy muborakbod etib, mintaqa davlatlari orasida ot sportini faollashtirish va yanada ommaviylashtirish xususida so'z yuritdi. 

Darvoqe, Hamad bin Abdulrahmon al-Attiya sentyabr oyida yurtimizga tashrif buyurib, ot sporti klublarini ko'zdan kechirish asnosida yosh chavandozlarimiz bilan muloqot o'tkazgan va O'zbekistonda sportning ushbu turini rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho bergan edi. 

CHavandozlarimizni oldinda bir qator muhim musobaqalar kutib turibdi. Ular orasida 2018 yilgi Osiyo hamda 2020 yilgi Olimpiya o'yinlari alohida ahamiyat kasb etadi. SHunday ekan terma jamoamiz azolariga eng nufuzli kompleks musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
04 dek 20:11:31
Husniddin Mirzaliyev
Yashavor azamat!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing