So’nggi yangiliklar

14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0

27 noy 11:14
Yangiliklar

Voleybol

CHirchiqda voleybol bo'yicha xotin-qizlar o'rtasida "S" ligasi final bellashuvlari o'tkazilmoqda

Teglar :  VoleybolCHirchiq
CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida voleybol bo'yicha musobaqa o'tkazilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-92-sonli hamda 2022 yil 11 apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-201-sonli qarori ijrosini taminlash va aholi orasida, ayniqsa, yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilayotgan "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining ayni paytda respublika final bosqichlari davom etmoqda.

Xususan, 26 noyabr kuni CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida voleybol bo'yicha 16-21 va 22-26  yosh toifasidagi xotin-qizlar o'rtasida "Ichki ishlar  vaziri kubogi" "S" ligasi respublika final bellashuvlariga start berildi. 

Kecha ushbu musobaqaning rasmiy ochilish marosimi tashkil etildi. Yuqori saviyadagi tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov jamoalarni final bosqichiga etib kelgani bilan qutlab, ularga bellashuvlarda yuqori o'rinlarni egallashida omad tiladi va musobaqani ochiq, deb elon qildi. Marosimda, shuningdek, Yoshlar siyosati va sport vazirligi mutasaddilari ham ishtirok etib, jamoalarga muvaffaqiyat tilashdi. 

Ayni paytda 16 yoshdan 26 yoshgacha bo'lgan jamoalar o'rtasidagi "S" ligasi bellashuvlar ko'tarinki ruhda o'tmoqda. Musobaqa 29 noyabrga qadar davom etadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing