So’nggi yangiliklar

15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0

29 jan 12:32
Yangiliklar

Sport kurashlari, Bolalar sporti

CHirchiqda yunon-rum kurashi bo'yicha xalqaro turnir o'tkazildi

Teglar :  Yunon rum kurashi
27-28 yanvar kunlari CHirchiq shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha 2008-2010, 2011-2012 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida xalqaro turnir tashkil etildi.

Yunon-rum kurashi bo'yicha CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi rahbari sovrini uchun o'tkazilgan mazkur xalqaro turnirda mamlakatimizning barcha hududlaridan hamda qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston davlatlaridan 500 nafarga yaqin o'smirlar ishtirok etishdi. 

CHirchiq OPSTTMda bo'lib o'tgan va yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu turnirda dastlab, tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimida so'z olgan markaz direktori Ravshan Gafurov musobaqa ishtirokchilarni qutlar ekan barcha sportchilarga kelajakda professional atletlar qatoridan joy olishida omad tiladi. SHundan so'ng bellashuvlarga start berildi. 

Qiziqarli va murosasiz o'tgan musobaqa yakunida har bir vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olgan kurashchilar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing