So’nggi yangiliklar

13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0 09:12Свёнтек Рим турнири бош соврини учун кортга чиқади, бу унинг 25-финали! 0 08:51Самарқанд мезбонлик қиладиган триатлон бўйича Жаҳон кубоги олдидан ташкил этилган матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:30Франция терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби маълум 0 08:09Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси Ислам Махачев билан машғулот ўтказди + ФОТО 0

16 okt 11:56
Yangiliklar

Boks/MMA, Kurash, Taekvondo, Osiyo o'yinlari

CHOPSTTM sobiq o'quvchilaridan Osiyo o'yinlarida 14 ta medal!

Sport-talim maskaniga ilk qadam qo'ygan har bir bola borki yaxshi o'quvchi va mohir sportchi bo'lishni diliga tugadi.

Zamonaviy va muhtasham o'quv va sport majmualariga ega bo'lgan CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o'zlari tanlagan yo'nalishlar bo'yicha tahsil olayotgan o'g'il-qizlar ham marrani baland olib, mashg'ulotlarga zo'r berishgan. 

SHu bois, markazning sportchi-o'quvchilari hamisha mamlakat terma jamoalariga jalb etilish va medallar jamg'arish bo'yicha etakchilar qatorida. Ravshan G'ofurov rahbarlik qilayotgan ushbu sport maskanida tahsil olib, katta sportga yo'l olgan sobiq atletlarning ko'pchiligi esa hali hamon jahon sport maydonlarida yurtimiz shanini munosib himoya qilishda davom etmoqda.

Yaqinda Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlarida ushbu markazda tajribali o'qituvchi-murabbiylar qo'l ostida tahsil olib, ilk mahorat-saboqlariga ega bo'lgan va chinakamiga sportchiga aylanib, "uchirma" bo'lgan 14 nafar atlet muvaffaqiyatli ishtirok etib, medallarni qo'lga kiritishgani fikrimizga isbot bo'la oladi.

Demak, markazning quydagi 14 nafar sobiq bituruvchilaridan Osiyo o'yinlarida kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar va ularning CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi ilk ustozlari bilan tanishamiz.

1. Bahodir Jalolov boksdan oltin (murabbiy Farrux Qilichev). 

2. Nurislom To'xtasin o'g'li eshkak eshishdan oltin (murabbiyi Abdirashid Mo'saev). 

3. SHohmurod Xolmurodov eshkak eshishdan oltin (murabbiyi Marat Atavliev). 

4. Artyom SHturbabin kurashdan oltin (murabbiyi Iskandar Rasulov). 

5. SHahriyor Mahkamov eshkak eshishdan kumush (murabbiyi Akbar Xamidjonov). 

6. Vladlen Denisov eshkak eshishdan kumush (murabbiyi Marat Atavliev). 

7. Muhammadqodir Toshtemirov og'ir atletikadan kumush (murabbiyi Jo'rabek Zoirov). 

8. Feruza Sodiqova taekvondo WTdan kumush (murabbiyi Paxlavon Sobirov). 

9. CHaros Qayumova taekvondo WT dan bronza (murabbiyi Pahlavon Sobirov). 

10. SHohsanam SHerzodova eshkak eshishdan bronza (murabbiyi Rustam Mirzadiyarov). 

11. Svetlana Osipova taekvondo WT dan bronza (murabbiyi Pahlavon Sobirov). 

12. Nilufar Zokirova eshkak eshishdan bronza (murabbiyi Rustam Mirzadiyarov). 

13. Ekaterina SHubina eshkak eshishdan bronza (murabbiyi Rashid Musaev). 

14. Yulib Borzova eshkak eshishdan bronza (murabbiyi Rashid Musaev).

SHuningdek, ayni paytda markazda tahsil olayotgan o'quvchilarning joriy yilning shu paytiga qadar jahon, Osiyo va mamlakat chempionatlari, turli xalqaro turnir va musobaqalarda 550 dan ortiq oltin, kumush, bronza medallarini qo'lga kiritganini ham tahsinga loyiq, deyish mumkin.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing