So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

23 sen 13:40
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Eng ko'p mezbonlik, debyut sport va 7 mamlakat. Osiyo o'yinlari haqida siz bilmagan fakt va malumotlar

Hammasi 1951 yilda Nyu-Dehlidan boshlangan…

Xitoyning Xanchjou shahrida sport turlari bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turuvchi Osiyo o'yinlari boshlandi. Nufuzi bo'yicha kompleks musobaqalarda Olimpiadadan keyingi o'rinni band etgan musobaqa ikki hafta davomida turli sport yo'nalishlarida 45 mamlakatni jam qiladi. Turnirda jami 40 sport turi bo'yicha 10 000 dan ortiq sportchilar ishtirok etadi. Ushbu mega tadbirda yillar davomida bir nechta sportchilar rekord o'rnatgan yoki yangilagan. Hammasi 1951 yilda Nyu-Dehlidan boshlangan. O'shanda 11 mamlakat vakillaridan 489 nafar sportchi 8 sport turi bo'yicha ishtirok etgan.


Etiborga molik jihat shuki, o'yinlarda 7 davlat vakillari doim qatnashib keladi. Ortda qolgan 18 turnir Hindiston, Indoneziya, Yaponiya, Tailand, Filippin, SHri-Lanka, Singapur vakillarisiz o'tmagan.  

Musobaqalarga eng ko'p mezbonlik qilgan mamlakat Tailand (4 marta) hisoblanadi. Xitoy uchun Xanchjoudagi Osiyo o'yinlari hisob bo'yicha uchinchi mezbonlikdir. SHuningdek, «kunchiqar yurt»da ham CHin o'lkasi bilan bir xil natija.


Bu yilgi o'yinlarda kibersport debyut qiladi. 

Jakartadagi o'yinlarda (2018) ko'rgazmali chiqish qilgan Esports Xitoydagi o'yinlarda rasmiy tarzda ro'yxatdan o'tkazildi. Dragon Boat va Roller kabi noyob sport turlari bu yil uchinchi marotaba o'tkaziladi. 

Kriket esa 9 yildan keyin o'yinlarga qaytdi. U oxirgi marotaba 2014 yilda musobaqada o'ynalgan edi. Ushbu musobaqalarda ko'plab yangi yulduzlar kashf etiladi. Masalan, afsonaviy xitoylik g'avvos Vu Min Xia va hindistonlik kriketchi Sachin Tendulkar misli ko'rilmagan darajada shuhrat qozongan. 


Kelgusi Osiyo o'yinlari 2026 yilda Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Yaponlar o'tkazilgan musobaqalar soni bo'yicha Xitoy hamda Janubiy Koreyaga tenglashib oladi.

Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing