So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

28 fev 10:33
Yangiliklar

Tadbirlar

Husayn Al Musallam Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlikni yuqori baholadi

Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Bosh direktori, Butunjahon suv sporti turlari federaciyasi (World aquatics) prezidenti Husayn Al Musallam hamda Osiyo velosport konfederaciyasi prezidenti Osama Al SHafar poytaxtimizga tashrif buyurdi.

Martabali mehmonlar bilan Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlariga olib borilayotgan hozirlik mavzusi muhokama qilindi.

Rasmiylarni Sport vaziri Adham Ikramov qarshi oldi. Vazirlik binosida o'tgan uchrashuvda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo'mita raisi o'rinbosari Azizjon Kamilov ham ishtirok etishdi.

Dastavval, Adham Ilhamovich bo'lajak O'yinlarga tayyorgarlik ko'rishda davlat darajasida etibor qaratilayotgani, shaxsan Prezidentimiz musobaqa uchun barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasining qurilishida bosh-qosh bo'lib kelayotgani haqida gapirib o'tdi. 

SHundan so'ng musobaqa o'tkazilishi uchun mo'ljal olingan sanalar va dasturga kiritilishi ko'zda tutilgan sport turlari ko'rib chiqildi. Oybek Kasimov suhbat davomida sport turlari va unga biriktirilgan obektlarni birma bir tanishtirib chiqdi va har bir yo'nalish alohida tahlil qilindi.

Ahamiyatlisi, Husayn Al Musallam tayyorgarlik jarayonini yuqori baholadi. Yangi qurilayotgan arenalar Osiyo sportining yosh yulduzlarini kashf etishiga ishonch bildirdi. SHuningdek, OOK Bosh direktori antidoping masalalari, inshootlarni zamonaviy texnikalar bilan jihozlash bo'yicha o'z tavsiyalarini berib o'tdi.

Rejaga ko'ra, bugun mehmonlar Olimpiya shaharchasiga borib, qurilish jarayoni bilan bevosita tanishishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing