So’nggi yangiliklar

19:18Арина Соболенко "Ролан Гаррос" 1/8 финалига чиқди 0 18:57Европа Очиқ чемпионати ғолиби ўз ўқув даргоҳида тақдирланди 0 18:36Ислам Махачев жанг олдидан Чемпионлар лигаси финалини кўрмоқчими? Спортчи жавоб берди 0 18:15"Реал"дагилар Мбаппе жамоага салбий таъсир қилишидан ҳавотир олишмоқда 0 17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0

30 jan 20:00
Yangiliklar

Kurash

IKA birinchi vice-prezidenti Hindiston kurash oilasi bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va Sport vaziri, Xalqaro Kurash associaciyasi Birinchi vice-prezidenti Adham Ikramov mamlakat sport tizimi, chekka hududlarda yoshlarni sportga jalb qilish va O'zbekiston va Hindiston o'rtasida sport hamkorligini yaxshilash masalalari bo'yicha Hindistonga tashrifni amalga oshirmoqda.

Tashrifning navbatdagi kunida janob Ikramov Hindiston Kurash associaciyasi mutassaddilari bilan birgalikda Dehli shahridagi Kurash mashg'ulotlarini borib ko'rdi.

Janob Ikramovga IKA vice-prezidenti, Hindiston Kurash associaciyasi Raisi Jagdish Tatler, IKA referi direktori Ravi Kapur, Hindiston kurash prezidenti Ramesh Pople, Bosh kotib Lal Singh, bosh g'aznachi Dharmendra Malhotra va O'zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Axatovlar hamrohlik qilishdi.

Dastlab, Dehli shahridagi Baba Gang Nath dzyudo-kurash akademiyasi va Apex kurash markazlariga tashrif buyurdi. Kurashchilarning mashg'ulotlarini kuzatdi. Etiborlisi, mazkur akademiyadan Osiyo o'yinlari kumush medali sovrindorlari Pinki Balxara etishib chiqqan.

O'zbekistonlik sport rasmiysi Hindiston klublarida kurash bo'yicha mashg'ulotlarni kuzatib, kurashga qiziquvchi yoshlarning ko'pligi, murabbiylarning mahoratini yuqori baholadi. Hindistonda kurash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlardan mamnunligi malum qildi.

Uchrashuv davomida janob Ikramov Baba Gang Nath va Apex akademiyasiga ikkita kurash gilami to'plami va 60 ta kurash yaktaklari berishi rejalashtirilayotganlini malum qildi. SHuningdek, Hindistonlik bir guruh sportchilar va murabbiylarni O'zbekistondagi eng yaxshi kurash mutaxassislari bilan hamkorlikda tajriba almashish Dasturini yo'lga qo'yishga kelishib olindi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing