So’nggi yangiliklar

15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0

21 apr 11:36
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ikki yunon-rum kurashchimiz Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasi uchun gilamga chiqadi

Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo licenzion turniri davom etmoqda.

Bugun yunon-rum kurashi bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasi licenziyalari uchun bellashuvlar bo'lib o'tyapti. Biroz avval saralash bahslari yakunlanib, 1/2 finalda olimpiya o'yinlari licenziyalari uchun gilamga chiqadigan juftliklar aniq bo'ldi. Klassiklarimizdan Jalgasbay Berdimuratov (87 kg) va Rustam Assakalov (97 kg) kechki dasturda Parij-2024 yo'llanmalari uchun kurashishadi. 

Osiyo o'yinlari g'olibi bo'lgan Jalgasbay Berdimuratov 1/4 finalda hindistonlik Kumar Sunilni 4-2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uning Olimpiada chiptasi uchun kechadigan 1/2 finaldagi raqibi eronlik Alireza Mohmadipiani bo'ladi. Alireza 1/4 finalda qirg'izistonlik Asan Janishovdan 6-3 hisobida ustun keldi. 

Eng tajribali yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov esa 1/4 finalda yaponiyalik Yuri Nakazatoni 9-0 hisobida taslim etdi. Endi u Olimpiada licenziyasi uchun mezbonlar vakili Jusupbekovga qarshi bahs olib boradi. Jusupbekov 1/4 finalda hindistonlik Niteshni muddatidan avval 10-0 hisobida engdi.       

Qolgan yunon-rum kurashchilarimiz Abror Atabaev (67 kg) 1/4 finalda qozog'istonlik Meyirjan SHermaxanbetga 3-6, Timur Nasimov (130 kg) 1/4 final bahsida yaponiyalik Sota Okumura 6-12 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi.


Licenziya uchun kechadigan 1/2 final juftliklari:

87 kg: Jalgasbay Berdimuratov - Alireza Mohmadipiani (Eron)

97 kg: Rustam Assakalov - Jusupbekov (Qirg'iziston)


O'tgan yili Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o'tgan jahon chempionatida klassiklarimizdan Islomjon Bahromov (-60 kg) va Aram Vardanyan (-77 kg) Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritgan edi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing