So’nggi yangiliklar

18:36Ислам Махачев жанг олдидан Чемпионлар лигаси финалини кўрмоқчими? Спортчи жавоб берди 0 18:15"Реал"дагилар Мбаппе жамоага салбий таъсир қилишидан ҳавотир олишмоқда 0 17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0

30 noy 19:35
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Irlandiya prezidenti “arzimas odam”. Siyosatga aralashayotgan Konor Makgregor

“Irlandiya kerakli o'zgarishlarni ko'rish uchun yashaydi. Agar ular tez orada Irlandiya xavfsizligini taminlash rejasini ishlab chiqmasalar, o'zim buni qilaman”.

Konor Makgregor Dublin yaqinida sodir bo'lgan voqealardan so'ng, nomalum shaxs pichoq bilan aholiga hujum qilib, besh kishi, jumladan bolalarni yaralaganidan keyin Irlandiya hukumatini qoraladi. SHundan so'ng poytaxtda norozilik namoyishlari sodir bo'lib, pogromlar va ommaviy hibsga olishlar boshlandi. Bolalarga qilingan hujumdan keyin 34 kishi hibsga olindi, mashinalar yoqib yuboirldi, policiya hodimlari jarohatlandi. 23 noyabr kuni bo'lgan voqeada 30 yoshli maktab ishchisi va uning 5 yoshli qizining ahvoli og'ir. 


Hodisadan bir necha soat o'tgach, Dublinda muhojirlarga qarshi shiorlar bilan namoyishlar kuzatildi. Natijada ommaviy pogromlar va talonchilik bo'ldi. 13 do'kon, 11 policiya mashinasi, 3 avtobus va tramvay zarar ko'rdi. Policiyachilardan biri og'ir tan jarohati olgan. Juma kuni kechqurun poytaxt policiyasi nazoratni tikladi va 34 kishini hibsga oldi, garchi tartibsizlikda 500 ga yaqin kishi ishtirok etgan bo'lsa-da, policiya voqeadan keyin “bezori guruh”ni aybladi. “Kecha biz ko'rgan narsa zo'ravonlikning favqulotda avj olishi edi. Bu biz 10 yillar davomida ko'rmagan manzaralar edi” deydi policiya komissari Dryu Xarris. 


Mamlakat bosh vaziri Leo Varadkar hissiyotli bayonot bilan chiqdi: “Jinoyatchilar qila olmagan bu ishni Irlandiyani sevganlari uchun qilishdi. Qanchalik ayanchli bo'lsa ham bular vatanparvarlik tuyg'usi bilan qilinmadi. Ular nafratga to'la, zo'ravonlikni, tartibsizlikni va boshqalarni xafa qilishni yaxshi ko'rganlari uchun shunday qilishdi. To'polonlarda qatnashganlar Irlandiyani va o'zlarining oilalarini sharmanda qildi”. Xarrisning so'zlariga ko'ra, bo'lib o'tgan voqea radikallashuv elementi edi. Buning sabablarini u hujumchi muhojir ekanligi haqidagi mish-mishlar tarqalgan ijtimoiy tarmoqlar bilan bog'ladi. 


BBC Dublin muxbiri Ayofe More shunday deydi: 

“Maktab yaqinidagi voqeadan so'ng ilovalarda malum mish-mishlar tarqaldi va o'ng faollar jinoyat sodir etilgan joyda norozilik namoyishi o'tkazishga qaror qilishdi. Ammo norozilik tartibsizlikka aylandi va uning ishtirokchilari, jumladan, bolalar hamda yoshlar tez orada Dublin shahar markazining katta qismini to'ldirdi. Bir necha oy davomida shunga o'xshash narsa sodir bo'lishi haqida qo'rquv mavjud. Irlandiya Respublikasida o'nglar soni ko'paydi va ular katta kuchga aylandi. O'shalar yaqinda mamlakat parlameti oldida norozilik namoyishi o'tkazdilar. Biroq, payshanba oqshomidagi tartibsizliklar ko'lami poytaxtda o'nlab yillar davomida kuzatilmagan darajada bo'ldi”. 

Bo'lib o'tgan hodisalardan keyin Konor Makgregor Irlandiya prezidentini “arzimas” deb atadi va hukumat siyosatini tanqid qildi. Pichoqli hujum Irlandiyaga immigrantlar oqimi bilan bog'liq umumiy keskinlik fonida sodir bo'ldi. Ilgari Dublinda “Irlandiya gavjum” deb yozilgan plakatlar bilan namoyishlar bo'lib turardi. Oxirgi rasmiy malumotlarga qaraganda, 2022 yil aprelidan 2023 apreligacha mamlakat 140 mingdan ortiq muhojirni qabul qilgan – bu 2007 yildan beri eng yuqori ko'rsatkichdir. 

Konor norozilik namoyishlari aks etgan kadrlarni chop etib, hujum qilgan odamni “ruhiy nonormal xorijlik” deb tariflagan. U Irlandiya prezidenti Maykl Xigginsga murojaat qildi, uni “arzimas” deb atadi va asosiy amaldorlarni ham tanqid qildi. Uning so'zlariga ko'ra, mamlakat rahbariyatida asosiy muammolarni, xususan xavfsizlik masalalarini hal etish rejasi yo'q.


“Dublin shahar markazidagi jirkanch manzaralar, dahshat. Odamlar Irlandiya hukumat siyosatidagi ko'plab muvaffaqiyatsizliklardan g'azab ostida do'konlarni talon-taroj qilishmoqda. Bu rejim qachondir bitta bo'lsa ham muvaffaqiyatli strategiyaga ega bo'lganmi? Sog'liqni saqlash – bu butunlay chalkashlik. Dahshatli uy-joy inqirozi. Immigraciya ochiq. Iqlim masalalarida ikkiyuzlamachilik. Ko'chalardagi xavf rekord darajaga etdi. Muvaffaqiyatlarni nomlashimiz mumkinmi? Siz bizning ko'chalarimizni talon-taroj qilgan va zarar etkazayotgan talochilarni qoralashingiz mumkin. Lekin bu o'tib ketganda, Irlandiya hukumatining ko'plab muvaffaqiyatsiz siyosatlariga yana bir bor nur tushadi. Biz harakatingizni kutyapmiz. O'zgartiring yoki qoldiring!”, deydi sobiq UFC chempioni. 

Keyichalik Konor xavfsizlikni taminlashga tayyor ekanligini yozdi: “Men kechagi tartibsizliklar va o'z vazifalarini bajarayotgan xodimlarimizga qilingan hujumlarni maqullayman. Talonchilikni qabul qilaman. Sodir bo'lgan voqea biz duch kelgan muammolarni hal qilish uchun hech narsa qilib bera olmaydi. O'zgarish uchun harakat qilish kerakligini tan olaman, bu tezroq bo'lishi lozim! Ayni dam tashkiliy ishlar bilan bandman. Ishoning, men ancha tartibliman. Irlandiya kerakli o'zgarishlarni ko'rish uchun yashaydi. Agar ular tez orada Irlandiya xavfsizligini taminlash rejasini ishlab chiqmasalar, o'zim buni qilaman”.


Xorijiy saytlar asosida Habib Jo'raboev tayyorladi 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing