01 dek 10:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshuaning Parkerga qarshi jangi “Kamp Nou”da o'tkazilishi mumkin
Superog'ir vazn toifasida tashkil etilishi kutilinayotgan chempionlik kamarlarini birlashtiruvchi jangi Barselonadagi muhtasham “Kamp Nou” stadionida o'tkazilishi mumkin.
Ayni paytda IBF va WBA yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua hamda WBO chempionlik kamari sohibi Jozef Parkerning promouterlari jangni aynan “Kamp Nou”da o'tkazish yuzasidan muzokara olib borishyapti.
Bu variantni ko'proq Yangi Zelandiya bokschisining promouteri
Devid Xiggins istamoqda. Xabarda aytilishicha, Joshua va Parker o'rtasidagi
birlashtiruvchi chempionlik jangi 2018 yilning mart yoki aprel oyida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar