So’nggi yangiliklar

19:18Арина Соболенко "Ролан Гаррос" 1/8 финалига чиқди 0 18:57Европа Очиқ чемпионати ғолиби ўз ўқув даргоҳида тақдирланди 0 18:36Ислам Махачев жанг олдидан Чемпионлар лигаси финалини кўрмоқчими? Спортчи жавоб берди 0 18:15"Реал"дагилар Мбаппе жамоага салбий таъсир қилишидан ҳавотир олишмоқда 0 17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0

25 avg 07:48
Yangiliklar

Kamondan otish

Kamonchilarimiz uchun “Mustaqillik kubogi” bahslari boshlandi

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlab ko'pgina sport turlari bo'yicha musobaqalar davom etmoqda.

Kecha ana shunday turnirlardan biri kamondan otish sporti bo'yicha boshlandi. Musobaqa davlatimiz madhiyalari sadosi ostida tantanali ochilish marosimi bilan start oldi. Tadbirda MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston kamondan otish federaciyasi rahbariyati, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi. 

O'zbekiston kamondan otish federaciyasi raisi Otabek Imamov ochilish marosimida musobaqani ochiq deb elon qilgach, sportchilar chigalyozdi mashqlarini boshlab yuborishdi. Musobaqa davomida MOQ rahbari ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Avvalambor, mana shunday yuqori saviyadagi musobaqani tashkil qilishda jonbozlik ko'rsatgan federaciya mutasaddilari, sportchi va murabbiylarga minnatdorchilik bildiramiz. Biz onlayn tizimga moslashib bo'ldik va shu tartibda ishlashda davom etamiz. Vaziyat shuni taqozo qilar ekan, onlayn musobaqalarda kuch sinashamiz. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelgusida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish borasidagi takliflaringizni kutib qolamiz. Birlashib, barcha maqsadlarni, albatta, amalga oshira olamiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Takidlash joiz, musobaqa 2 kunga mo'ljallangan bo'lib, bugun saralash bahslari, ertaga esa final bellashuvlari o'tkaziladi. Saralash bosqichida Toshkent shahri, Samarqand va Farg'ona viloyatlaridan 20 nafardan ziyod sportchi g'oliblik uchun kurashga kirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing