So’nggi yangiliklar

15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0

14 dek 15:35
Yangiliklar

Kamondan otish, Parij-2024

Kamondan otish bo'yicha Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan ilk o'zbekistonlik: "Jamoaviy yo'nalishda ham licenziya qo'lga kiritmoqchimiz"

Kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Ziyodaxon Abdusattorova Tailandda o'tgan Parij-2024 licenzion turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz uchun tarixda mazkur sport turida birinchi Olimpiada yo'llanmasini taqdim qilgani yodingizda.

Bu natija bilan Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi qatnashadigan sport turlarining geografiyasi yana bittaga ko'payadigan bo'ldi. MOQ matbuot xizmati Tailanddan tarixiy natija bilan qaytgan sportchimiz bilan qisqa suhbat uyushtirdi.

– Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan o'zbekistonlik birinchi kamonchi bo'lish taassurotlari qanday ekan?

– Olimpiadalarda kamondan otish sportida yurtimiz sharafini birinchi bo'lib himoya qilish men uchun katta baxt. Buning hissiyotlarini so'z bilan tariflab bera olmayapman. Bu sportimiz, qolaversa, O'zbekiston kamondan otish federaciyasi uchun juda muhim va quvonchli voqelik bo'ldi. Ishonamanki, bunday yirik natijalar mamlakatimizda kamondan otish sporti yanada rivojlanishiga oz bo'lsa ham hissa qo'shadi.

– Faoliyatingizdagi eng muhim o'q uzish oldidan xayolingizdan nimalar o'tdi?

– Men uchun barcha uzilgan o'qlar juda muhim. Tailandda hal qiluvchi palladagi o'q ulardan biri. O'q uzishdan oldin xayolim faqat qoq markazni nishonlash va qanday bo'lmasin, 10 ochkolik aylanani poylash edi. Buni uddalay olganimdan xursandman.



– Minimum vazifa bajarildi. Endi oldinga qo'yilgan vazifa qanday?

– Oldimizda hali katta maqsadlar bor. Biz uchun licenzion davr yakunlangani yo'q. Kelasi yil jamoaviy yo'nalishda ham Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish va Parijdan medal bilan qaytish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

– Olimpiadani qanday tasavvur qilyapsiz?

– Parij-2024 Olimpiadasini ko'tarinki ruhda o'tadigan, yorqin xotiralarga to'la, o'z sportida dunyoning eng zo'rlari bellashadigan, asosiysi, O'zbekiston delegaciyasi uchun chiroyli g'alabalarga boy musobaqa bo'ladi, deya tasavvur qilyapman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing