So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

20 iyu 16:33
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Gimnastika, Qilichbozlik, Velosport, O'q otish, Dzyudo, Engil atletika, Taekvondo, Eshkak eshish, Futbol, Qiziqarli!, Kamondan otish

Kanoe va eshkak eshish federaciyasiga 3 mlrd, futbol assosiaciyasiga 77 mln so'm. Moliya vazirligi may oyida sport tashkilotlari hisobiga qancha pul o'tkazdi?

Teglar :  Diyor Mavlonov
Hisob-kitob vaqti.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mamlakat prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi "2024 yil Parij shahrida (Franciya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida"gi qaroriga muvofiq byudjet hisobidagi sport tashkilotlariga pul mablag'larini o'tkazib kelmoqda. 

Quvonarlisi, bu ochiq tarzda elon qilinib kelmoqda. Vazirlik may oyida Parij Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rayotgan 22 ta sport federaciyasi va tashkilotlarning pul bo'yicha talabnomalarini qondirdi. 

Malum bo'lishicha, Moliya vazirligi bu oyda federaciyalarning mahalliy hamda xorijiy yig'inlarini o'tkazishi uchun umumiy hisobda 23 mlrd, 372 mln, 49 mln-u, 417 so'm o'tkazib bergan. Eng ko'p mablag' Rowing & Canoe federaciyasiga o'tkazib berilgan - 3 mlrd, 152 mln, 727 ming-u, 699 so'm. Eng kami esa Futbol assosiaciyasi hisobiga to'g'ri keldi - 77 mln, 78 ming-u, 400 so'm.

Keling, bu mablag'ni tashkilotlar kesimida bo'lib chiqamiz.

1. Boks federaciyasi - 783 mln, 936 ming-u, 592 so'm

2. Sport kurashlari assosiaciyasi - 1 mlrd, 361 mln, 141 ming-u, 146 so'm

3. Velosiped sporti federaciyasi - 2 mlrd, 175 mln, 856 ming-u, 346 so'm

4. Dzyudo federaciyasi - 1 mlrd, 592 mln so'm, 832 ming-u, 26 so'm

5. Gimnastika federaciyasi - 1 mlrd, 778 mln, 264 ming-u, 874 so'm

6. Rowing & Canoe federaciyasi - 3 mlrd, 152 mln, 727 ming-u, 699 so'm

7. Engil atletika federaciyasi - 2 mlrd, 381 mln, 243 ming-u, 767 so'm

8. Suzish federaciyasi - 472 mln, 979 ming-u, 284 so'm

9. Taekvondo WTF federaciyasi - 2 mlrd, 320 mln, 354 ming-u, 448 so'm

10. Og'ir atletika federaciyasi - 987 mln, 158 ming-u, 385 so'm

11. Qilichbozlik federaciyasi - 1 mlrd, 254 mln, 923 ming-u, 928 so'm

12. Ot sporti federaciyasi - 856 mln, 465 ming-u, 499 so'm

13. O'q otish sporti federaciyasi - 117 mln, 894 ming-u, 610 so'm

14. Triatlon federaciyasi - 532 mln, 316 ming-u, 791 so'm

15. Zamonaviy beshkurash federaciyasi - 429 mln, 539 ming-u, 959 so'm

16. Kamondan otish federaciyasi - 608 mln, 750 ming-u, 357 so'm

17. Olimpik PFK - 1 mlrd, 490 mln, 239 ming-u, 140 so'm

18. O'zbekiston Regbi federaciyasi - 189 mln, 294 ming

19. Raqs sporti federaciyasi - 143 mln 297 ming-u, 358 so'm

20. Futbol assosiaciyasi - 77 mln, 78 ming-u, 400 so'm

21. OOO RNPCSM - 127 mln, 553 ming-u, 104 so'm, 1 tiyin

22. Milliy Olimpiya qo'mitasi - 538 mln, 201 ming-u, 704 so'm, 1 tiyin.

Bu summadan tashqari, Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va uyushmalarning ustav xarajatlari, terma jamoa sportchilarining maxsus anjom va ekipirovkalari, ularning tibbiy-biologik taminoti bilan bog'liq xarajatlar ham vazirlikning tegishli tizimi orqali to'g'ridan-to'g'ri moliyalashtiriladi.



Diyor Mavlonov/olamsport.com

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing