So’nggi yangiliklar

17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0

29 iyu 12:20
Yangiliklar

Qishki sport turlari, Qiziqarli!

Kuniga 470 dollarlik lyuks - basseyn, ping-pong, o'yin pristavkalari. NHL yulduzlari markazlashgan chempionatni qanday o'tkazishadi?

AQSHda xokkey bo'yicha milliy chempionat - NHL restarti boshlanishiga bir necha kunlar qolmoqda.

Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar azolari ko'ch-ko'ronini yig'ib, kichik shaharchaga etib kelishgan. Kimdir bu erda kuzgacha qoladi, yana kimlardir ikki haftadan so'ng uyiga ravona bo'ladi. NHLdagilarning aytishicha, Toronto va Edmontondagi ushbu joy qiziqarli va xavfsiz. Xa to'g'ri, koronavirus bilan kasallangan ilk sportchi aniqlanmagunicha barchasi joyida bo'ladi. 

Bahslar 1 avgust kuni start oladi.


Jamoalar qaerda yashashadi?

NHL ikkita shahardan to'rtta otel tanladi. SHarqiy klublar Torontodagi Hotel X va Royal York mehmonxonalarida, g'arbiy ligadagi jamoalar esa Edmontondagi JW Marriot va Sutton Place'ga joylashishadi. 


Bu erda xokkey yulduzlari Kucherov, Ovechkin, Provorov va Malkin kabi xokkeychilar o'zaro yig'ilib, qiziqarli suhbat uyushtira olmaydilar. CHunki, birinchidan "Vashington" va "Reynjers" klublari boshqa-boshqa mehmonxonalarda, ikkinchidan NHL ularni o'yindan tashqari vaqtlarda muloqot qilmasliklarini nazorat qilib borish uchun ko'plab kuzatuvchilarni yollagan. 

Mehmonxonalar xokkey arenasi yaqinida joylashgan. 



Otellar barcha standartlarga javob beradi. U erda kinoteatr, skay-bar, tennis korti, tomdagi basseyn va boshqa qulayliklar bor. Ovechkin yashayotgan lyuks nomerning bir sutkasi uchun 470 dollardan pul to'lanadi. 




Pley-off uchrashuvlari vaqtida muxlislar mehmonxonalarga kira olishmaydi. Ikkinchi raund yakuniga etgach barcha Edmontondagi otelga ko'chib o'tadi. Bu jarayon taxminan 8 sentyabrlar arafasida ro'y beradi. 


"Royal York" oteli 1929 yida qurilgan va o'sha vaqtda Torontodagi eng baland bino bo'lgan. Yuqori qavatlardan Toronto manzarasini tomosha qilish mumkin. 


Edmonton yashash uchun ajoyib joy bo'lmasada, otellar bilan maqtana oladi. U erda ham barcha standartlarga javob beradigan otellar mavjud. 


Otellarda yashash qoidalari

Bu erda aylanish mumkin. Lekin vaqti bilan oilani sog'inasiz. Ularning kelishi mumkin emas, boshqa jamoa azolari bilan ko'rishish ham mumkin emas. 

Har bir klub 52 kishilik delegaciya bilan kelgan - 31 nafar xokkeychi va klub xodimlari. Jamoalar alohida qavatlarda yashashadi. Barcha o'z qavatini o'zi istaganicha bezatib olishi mumkin. Bu xokkeychilar o'zlarini qulay his qilishlari uchun albatta. 

Bu erga kelguncha, delegaciyaning har bir azosi 48 soatlik oraliq bilan uch marotaba koronavirus uchun testdan o'tkazildi. Bu borada NHL protokol ishlab chiqqan va monitoring qilib boradi. SHuningdek, har bir personal kuniga testdan o'tkaziladi. Agar xokkeychi testdan o'tishga kelmasa, uni bu erdan chetlatishadi. 

O'yinchilar oteldagi boshqa xonalarga chiqa olmaydilar. Xonalar kuniga uch martadan tozalanadi. 


Xokkeychilar uchun bar, basseyn va mashg'ulot zallari ishlab turadi. Ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda u erga chiqish mumkin. Ovqatlanish joylarida o'yinchilar va xodimlar o'rtasiga to'siq o'rnatiladi. 

Konferenciya finalchilari uchun o'ziga xos motivaciya bor - ular belgilangan testlarni topshirishganidan so'ng otelning o'zida oila azolari bilan uchrashishlari mumkin bo'ladi. Tashkilotchilar bunga ruxsat berishadi. Otel ichida xokkeychilar niqob taqishlari shart. Ular faqatgina ovqatlanish va mashg'ulotlar vaqtida echilishi mumkin. 


Mashg'ulotlar va ko'ngilni yozish

"Toronto" va "Edmonton" boshqa jamoalarga qaraganda xech qanday imtiyozga ega bo'lmaydi. Ularda zalda yoki muz ustida qo'shimcha mashg'ulotlar o'tkazish huquqi yo'q. Liga barcha jamoalarga teng sharoit yaratishga maksimal ravishda etibor bergan. 

Ligada barcha ishtirokchilarning musiqalari, muxlislardan yo'llangan videolar yig'ib qo'yilgan. 

O'yinchilar o'zlari bilan gitarani va o'yin pristavkalarini olib kelishlari mumkin. 

Har bir jamoaning o'z zonasi bor - qulay divanlar, televizorlar va ping-pong uchun stollar. Otel hududida tennis uchun kort, basketbol maydoni ham bor. Ushbu pley-off uchrashuvlarini bolalar o'rtasidagi turnir safariga qiyoslash mumkin: seni ovqatlantirishadi, xonangni va kiyimlaringni tozalashadi, xech kim senga "Play Station" o'ynashni taqiqlamaydi. Eng asosiysi esa sen bor etiboringni xokkeyga qaratib, g'alaba qozonishing kerak. 


Sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing