So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

17 apr 11:54
Yangiliklar

Kurash

Kurashchilar uchun yangi vazn toifasi qo'shiladi

Teglar :  KurashIKA
Xalqaro Kurash associaciyasining Dubay shahrida o'tkazilgan Boshqaruv kengashi yig'ilishida IKA Prezidenti Haydar Farmon tomonidan mazkur masala muhokamaga qo'yildi.

So'nggi vaqtlarda Kurash sportini AIMS azoligiga qabul qilish bo'yicha ijobiy kelishuvga erishilganligi va AIMS Prezidenti Stephan Fox tomonidan Kurash vaznlarini muqobillashtirish borasidagi takliflari inobatga olinib, kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi vaznlar 16 taga etkaziladi.

- Ayni vaqtda kattalar o'rtasidagi vazn toifalari 15 tani tashkil etadi. 7 erkaklar va 8 ta ayollar. Gender tengligini taminlash bo'yicha AIMS talabi asosida kurashchilar vaznlarini qayta ko'rib chiqish talab etiladi, - deydi IKA Prezidenti. Biz 7 erkaklar va 7 ayollar jami 14 ta vazn qilishimizdan ko'ra erkaklar vazn toifasiga yana bitta vazn qo'shishni afzal bilmoqdamiz. CHunki bu kurashchilar uchun ishtirok etish imkonini yanada oshiradi.

Yig'ilish davomida IKA vice-prezidenti Mirabe Iliades, IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiriy va IKA Texnik direktori Ravi Kapurlar tomonidan bir nechta variantlar taklif qilindi.

Yakunda mutaxassislar -120 kg vazn toifasida to'xtalishdi.Bunda 100 kg vazn toifasidan yuqori vaznlarda yangi vazn jiddiy o'zgarishni yuzaga keltirmasligi inobatga olindi. 100 kg.dan kam vaz toifalarida esa bevosita ketma-ketlik o'zgarishi mumkinligi aytildi.

Yig'ilishda mazkur masala bo'yicha Kurash ekspertlarining takliflari olinib, yakuniy qaror uchun takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing