So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

26 apr 11:31
Yangiliklar

Sport kurashlari

Licenziya uchun so'nggi imkoniyatdan foydalanadigan ayollar kurashi jamoamiz tarkibi malum

Xabaringiz bor, 9-12 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo'yicha Jahon licenzion turniri bo'lib o'tadi.

Barcha qita kurashchilari Parij-2024 Olimpiadasiga beriladigan licenziyalarni qo'lga kiritish uchun so'nggi imkoniyatdan foydalanishadi. Ular orasida tabiiyki, O'zbekiston sport kurashlari terma jamoasi ham bo'ladi. Bishkekdagi Osiyo licenzion turniridan keyin O'zbekiston sport kurashlarida 7 ta licenziya bor. Yana 11 ta Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati bor.   

Olimpiya o'yinlarida umumiy hisobda 18 ta vazn toifasida medallar jamlanmasi o'ynaladi - erkin kurash (6 ta), yunon-rum kurashi (6 ta) va ayollar kurashi (6 ta). Abdurauf Bozorboev murabbiyligidagi ayollar kurashi terma jamoamiz Bishkekdagi turnirda 1 ta licenziya qo'lga kiritib, bu borada yangi tarix sahifasi ochgan edi. Aktenge Keunimjaeva (-50 kg) o'z yo'llanmasi bilan Olimpiadada qatnashadigan birinchi o'zbek kurashchisi sifatida tarixga kiradi. 

Bizga etib kelgan malumotlarga tayanadigan bo'lsak, Istanbuldagi so'nggi licenzion turnirda 3 nafar kurashchi qizimiz Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga beriladigan yo'llanmalar uchun bahs olib boradi. SHohida Ahmedova (-53 kg), Layloxon Sobirova (-57 kg) va Nabira Esenbaeva (-68 kg) Istanbul gilamlarida licenziyalar uchun bahslarga kirishadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing