So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

13 apr 21:25
Yangiliklar

Bolalar sporti

Maktab va universitet hamkorligi: talimda yangicha tizim demakdir!

Maktab va universitet hamkorligi: talimda yangicha tizim demakdir!

Joriy yilning 12 aprel kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va  sport universiteti va CHinoz tumani  hokimligi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 5-apreldagi xalq talimi sohasida talim sifatini oshirishga qaratilgan yig'ilishida belgilab berilgan bir qator ustuvor vazifalar ijrosini taminlash, maktab va universitet hamkorligini samarali yo'lga qo'yish maqsadida “Umumtalim maktablarida talim sifatini oshirish: muammo va echimlar” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.



Seminarda CHinoz tumani hokimi B. Alimbekov, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori M. Boltabaev, tuman xalq talimi bo'limi xodimlari, universitet kafedra mudirlari va tumandagi umumtalim maktablari rahbarlari ishtirok etishdi. 


Tadbir davomida umumtalim maskanlarida talim sifatini oshirish, o'qituvchilar salohiyati, o'quvchilarning oliy o'quv yurtlariga kirish ko'rsatkichini ko'tarish, yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish orqali ham manan ham jismonan barkamol qilib tarbiyalash, bu borada mahalla yoshlari o'rtasida ilk marotaba “Besh tashabbus” olimpiadasi o'tkazilayotgan kabi masalalarga alohida to'xtaldi.


SHuningdek, tumandagi "CHorvodor" MFYda joylashgan "Pahlavon" nomli sport majmuasida olimpiya o'yinlari sovrindori Abdulla Tangriev va universitetning Xalqaro kurash turlari kafedrasi mudiri SHuhrat Arslanov boshchiligidagi  professor-o'qituvchilar tomonidan sportning dzyudo turi bo'yicha mahorat darsi ham tashkil etildi.

Seminar yakunida CHinoz tumanidagi universitetga biriktirilgan 48 ta umumtalim maktablaridagi mavjud holatlar, bildirilgan fikrlar yuzasidan muhokamalar o'tkazildi. SHu bilan birga, kelgusida hamkorlikda olib boriladigan ishlar rejasi belgilab olindi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing