So’nggi yangiliklar

14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0

28 fev 17:01
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Men – boksning yuziman. Floyd Meyvezer tarixdagi eng yaxshi bokschimi?

Mashhur amerikalik bokschi Floyd Meyvezer yana bir bayonoti bilan jamoatchilik etiborini o'ziga qaratdi.

U intervyuda o'zini jahonning eng yaxshi bokschisi deb atadi. «Aslida hamon boksning yuziman. Men Robinson, Muhammad Ali, Rey Leonard kabi yigitlarga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, juda ko'plab yigitlar menga yo'l ochib berishdi, ammo Floyd Meyvezer bitta va qolgan jangchilar mendan yaxishroq emas», dedi «boyvachcha» The Pivot Podcast kanali bilan bo'lgan suhbatda. Floyd bu mavzuda bir necha marotaba gapirgan, lekin bu har safar kulgu ostiga olinadi hamda boks jamoatchiligining salbiy reakciyasini keltirib chiqaradi. SHunday keyin Mayk Tayson nima uchun Meyvezerni dunyodagi eng yaxshi «charm qo'lqop ustalari» qatoriga kiritmasligi haqida aniq gapirdi. 

«Bilasizmi, boksda shunday shaxslar borki, Ular o'z vaqtida qanchalik zo'r bo'lmasin, hech qachon buyuklik maqomiga erisha olmagan. Garchi ular aql bovar qilmas darajada pul ishlab topishgan bo'lishsa ham, bu ahamiyatsiz. Bu holatda pul nisbiy ko'rsatkich ekanligini tushunish lozim. Aynan shuning uchun men endi Floyd Meyvezerni 50:0 hisobidagi rekordi bilan maqtanishini ortiq eshitishni imtamayman», deydi afsonaviy sportchi. Haqiqatan ham Floyd boksda misli ko'rilmagan yuksaklikka erishdi va tarixda o'z o'rniga ega sportchi hisoblanadi. U shu paytga qadar hech qachon professional ringda mag'lub bo'lmagan. Biroq tan olish kerakki, Taysonning gaplarida jon bor. Meyvezer juda ayyor jangchi va uning jamoasi jangchining mag'lubiyat ustunida «0»ni ushlab turish uchun katta ish qiladi. Ular amerikalikka qulay vaqtda qulay raqiblarni tanlashga harakat qiladi. Qolaversa, yutqazish xavfi mavjud bo'lgan jiddiy raqiblardan qochishadi. 

Albatta, qahramonimizning o'z ishitrokidagi barcha janglarda g'olib bo'lganini unutmaslik lozim. Floyd boks bilan qanday shug'ullanishi haqida ham aytish kerak bo'lgan narsalar bor. U juda tez jangchi, ajoyib oyoq harakati va texnikaga ega sanaladi. SHu bilan birga u xavfsiz va pragmatik zarba berish uslubiga ham ega. Meyvezer tashabbusni raqibga beradi, 12 raund davomida jangni o'zi nazorat qiladi. Qo'llarining tezligi va uzunligi hisobiga o'z zarbalarini masofadan turib «uloqtiradi». SHuningdek, u ochkolar uchun jang qilishni ham juda yaxshi biladi. Bunga yaqqol misol sifatida Menni Pakyaoga qarshi bahsni eslashning o'zi kifoya. «Boyvachcha» filippinlik bokschi bilan bo'lgan jangda ringni aylanib, masofani saqlab, xavf tug'ilganda klinchga kirib olgani yodingizda bo'lsa kerak. 

Floydning karerasida bunga o'xshash janglar talaygina topiladi. Ha, u ringa chiqadi va o'z ishini bajaradi, ammo shu bilan bir qatorda sportchi uchun katta pul to'lagan muxlislar uning zerikarli janglaridan uxlab qolishi ham hech gap emas. Takidlash kerakki, Meyvezer o'zining rekordi bilan boks tarixiga kirdi, hech qanday ajoyib janglar bilan emas. Boshqa buyuk bokschilardan farqli o'laroq, «O'rmondagi shovqin», «Maniladagi triller» kabi Muhammad Alining ushbu afsonaviy janglari haqida eshitgan bo'lishingiz kerak, aynan o'sha janglarni uni «buyuk»ka aylantirdi. Ali boks ixlosmandlariga nafaqat super baxslar, balki «kapalakdek uchib, aridek chaqish» texnikasini ham taqdim etgan. Lekin Muhammad Ali mukammal rekordga ega emas, uning mag'lubiyatlar ustunida «0» raqamini uchratmaysiz. Yoki Mayk Taysonni olaylik. Temir Mayk o'z faoliyatida davomida 6 marotaba mag'lubiyatga uchragan, lekin uning so'nggi janglarida (faoliyatida keskin «sho'ng'igan» davrlar) ham arenalar doim gavjum bo'lardi va millionlab muxlislar zangori ekran orqali janglarini tomosha qilardi.

Tomoshabinlarning sevgisini zerikarli qarshi zarba uslubi bilan sotib olib bo'lmaydi. Tasavvur qilishingiz uchun: faoliyatingizdagi eng muhim jangda siz 12 raund davomida velosipedda shunchaki pedal aylantirib, raqibingizdan qochib yurib eng buyuk bokschi bo'lishingiz mantiqan mumkin emas. Qahramonimiz o'zining «0»ini saqlab turibdi, albatta, bu sportning yutug'idir. Biroq bu rekord uni barcha davrlarning eng buyuk bokschisiga aylantirib qo'ymaydi. Floyd bu masala yuzasidan minglab intervyu berishi, har erda o'z buyukligi haqida bong urushi mumkin, ammo u hech qachon muxlislar mexrini va boks shaydolarining sevgisini qozona olmaydi. Xo'sh, sizningcha Floyd Meyvezer tarixdagi eng buyuk bokschimi? O'z javoblaringizni ixohlarda yozib qoldiring.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing