So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

24 dek 08:04
Yangiliklar

Sport kurashlari, O'q otish, Dzyudo, Engil atletika, Og'ir atletika, Taekvondo, SHaxmat, Ot Sporti, Kamondan otish

"Milliy sport mukofoti-2022" sovrindorlari qancha pul mukofoti bilan taqdirlangani malum

Kecha poytaxtimizda "Milliy sport mukofoti-2022" tadbiri doirasida o'zbek sportining 2022 yildagi eng yaxshilari aniqlangan edi.

Ushbu tadbir doirasida bir qancha nominaciyalar bo'yicha sovrinlar o'z egalariga topshirildi. 

Takidlash joiz, kecha aniqlangan nominaciya g'oliblarining barchasi pul mukofotlari bilan ham taqdirlandi. Unga ko'ra, eng yaxshi sportchilar — Muzaffarbek To'raboev va Svetlana Osipovalar $ 5000 dollar, qolgan nominaciya g'oliblar esa 15 mln so'm pul mukofotiga munosib ko'rildi.

Nominaciyalar bo'yicha aniqlangan g'oliblar:

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulsevar G'anieva (Boks bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempioni);

Yil kashfiyoti: SHarifa Davronova (Engil atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida ikki karra Osiyo va bir karra Jahon chempioni, Islom birdamlik o'yinlari g'olibi);

Yilning eng yaxshi hakami: Eshpo'lat Hidoyatov (Sport kurashlari);

Yilning eng yaxshi sport shifokori: Rustam Ablyalimov (Velosport);

Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Azizbek Boynazarov (Parasuzish, Islom birdamlik o'yinlari g'olibi);

Yilning eng yaxshi parasport murabbiyi: Bobur Qo'ziev (Parataekvondo);

Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Guljanoy Naimova (Parataekvondo, paralimpiya o'yinlari g'olibi, jahon chempioni);

Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi:  Server Ibragimov (para o'q otish, jahon chempionati bronza medali sohibi);

Matonat ramzi nominaciyasi g'oliblari:  Rustam Mehmonov ("Matonat futbol" nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi raisi) va Bahtiyor Rajabov (Futbol bo'yicha nogiron-amputantlar terma jamoasi fahriysi);

Yilning eng yaxshi parasport klubi: Sport kurashlari klubi;

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: olamsport.com sayti bosh muharriri Kamoliddin Alimooooovvvv;

Eng faol sport targ'ibotchisi: Timur Nizaev ("Pravda Vostoka" gazetasi);

Eng yaxshi matbuot xizmati: Vitaliy Judro (Engil atletika);

Olimpizm targ'iboti yo'lidagi uzoq yillik xizmati uchun:  Anvar Avazxo'jaev;

Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Og'ir atletika terma jamoasi;

Eng yaxshi federaciya:  O'zbekiston shaxmat federaciyasi;

Sport tadbirlarini o'tkazish bo'yicha eng yaxshi tashkilotchi:  O'zbekiston yilqichilik va ot sport federaciyasi;

Sport soxasidagi ko'p yillik xizmatlari uchun: Birodar Abduraimov (O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, "O'zbekiston iftihori" fahriy unvoni sohibi);

Milliy sport turlarini ommaviylashtirishga qo'shgan hissasi uchun:  Nig'matilla Yo'ldoshev (O'zbekiston Respublikasi bosh prokurori);

Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun: Tanzila Narbaeva (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi rahbari);

Yoshlarni sog'lom turmush tarziga jalb qilishdagi xizmatlari uchun: Abdusalom Azizov (O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O'zbekiston futbol assosiaciyasi rahbari);

Xalqaro tadbirlarning eng yaxshi tashkilotchisi: Osiyo Olimpiya Kengashi;

Yilning eng yaxshi murabbiyi: Ilias Iliadis (Dzyudo);

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Svetlana Osipova (Taekvando bo'yicha jahon chempioni);

Eng yaxshi erkak sportchi: Muzaffarbek To'raboev (Dzyudo bo'yicha jahon chempioni).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing