So’nggi yangiliklar

17:15Тарихда илк бор "Мастерс" 1/2 финалида икки чилилик ўйнайди 0 16:54Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери 0 16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0

24 apr 20:36
Yangiliklar

Dzyudo

Navbat Dushanbe "Katta Dubulg'a" turniriga. Terma jamoamiz Tojikistonga qanday tarkibda boradi?

Kecha Osiyo chempionatidan qaytib kelgan dzyudo bo'yicha terma jamoamiz endi Dushanbe "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlikka etibor qaratadi.

Bu yildan ilk bor Tojikiston poytaxtida ham "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir o'tkaziladi. O'tgan yili Dushanbeda Gran-pri turniri o'tkazilgandi.

3-5 may kunlari tashkil etiladigan musobaqada ishtirok etish istagini hozirgacha sayyoramizning 5 qitasi 70 davlatidan jami 429 nafar (230 erkak, 199 ayol) dzyudochi bildirgan. Aniqrog'i, federaciyalar o'z tarkiblarini Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) saytida ro'yxatdan o'tkazgan. Bu ro'yxatga hali o'zgartirishlar kiritilishi mumkin. 

Tabiiyki, ushbu 70 davlat orasida O'zbekiston terma jamoasi ham bor. Agar kichik o'zgarishlar kuzatilmasa, 21 nafar (12 erkak, 9 ayol) dzyudochi Dushanbe tatamilarida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ro'yxatdan o'tkazilganlar orasida Diyora Keldiyorova, Davlat Bobonov, Muzaffarbek To'raboev, Alisher Yusupov singari etakchi dzyudochilarimiz yo'q. 


Dushanbega yo'l oladigan terma jamoamiz tarkibi:

Ayollar 

-48 kg: Halimajon Qurbonova

-52 kg: Sita Kadambaeva

-52 kg: Gulhayo Jo'raeva

-57 kg: SHukurjon Aminova

-70 kg: SHohista Nazarova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva

+78 kg: Rianat Ilmatova

+78 kg: Fotima Kuramboeva


Erkaklar

-60 kg: Dilshodbek Baratov

-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov

-66 kg: Sardor Nurillaev 

-66 kg: Muhriddin Tilovov

-73 kg: SHahram Ahadov

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev

-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov

-90 kg: Azizbek Avazmurodov

-100 kg: Ernazar Sarsenbaev

-100 kg: Rustam SHoraxmatov 

+100 kg: O'tkirbek To'raboev

+100 kg: Islombek Ravshanqulov

Terma jamoa bosh murabbiyi - Ilias Iliadis

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing