So’nggi yangiliklar

17:15Тарихда илк бор "Мастерс" 1/2 финалида икки чилилик ўйнайди 0 16:54Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери 0 16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0

24 noy 20:33
Yangiliklar

Kurash

Nukusda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 21-23 noyabr kunlari Nukus shahridagi "Respublika Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi"da belbog'li kurash bo'yicha 2008-2009 yillarda tug'ilgan (U-15) o'smirlar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar ishtirok etgan ushbu musobaqada polvonlar kurashning belbog'li va erkin yo'nalishlari bo'yicha kuch sinashishdi. Unga ko'ra quydagi sportchilar o'z vazn toifalarida birinchi bo'lishdi. 

O'g'il bolalar (belbog'li kurash yo'nalishi): 

35 kg. Muhammadqodir Umaraliev (Farg'ona), 38 kg. Isabek Biysinbaev (QQR), 42 kg. Abdumajid Husanboev (Andijon), 46 kg. Temur Nematullaev (Namangan), 50 kg. Ramziddin Abdulxamitov (Andijon), 55 kg. Nusratillo Ozodbekov (Andijon), 60 kg.  Axliddin Mamatkarimov (Andijon), 65 kg.  Boburbek Abdumalikov (Farg'ona), 71 kg. Islom Ziyodboev (Namangan), 77 kg.  Bayishbek Mamataliev (Andijon), +77 kg. SHohjahon Rahmatov (Toshkent v.). 

Qizlar (erkin yo'nalish): 

33 kg. Jansoya Alliyarova (QQR), 36 kg.  O'g'iloy Odilova (Andijon), 40 kg. Marhaboxon Nozimova (Andijon), 44 kg.  Jasmina Mamurjonova (Farg'ona), 48 kg.  Tumaris Qalabaeva (QQR), 52 kg. Mehrinoz Ibrohimova (Andijon), +52 kg. Aysuluv Qidirbaeva (QQR). 

O'g'il bolalar (erkin yo'nalish):

35 kg. Abdulatif Nuriddinov (Navoiy), 38 kg. Mahmudjon Mamajonov (Namangan), 42 kg. Muhammadmubin Nematjonov (Andijon), 46 kg. Amirxon SHukurboev (Navoiy), 50 kg.  Davranbek Jumamuratov (QQR),  55 kg. Murodullaxon Habibullaev (Namangan), 60 kg. Asadbek Orziboev (Andijon), 65 kg. SHerzodbek Eliboev (Toshkent v.), 71 kg. Akromjon Hikmatov (Toshkent v.), 77 kg. Sunnat Qurbonov (Buxoro), +77 kg. Aziz Najmiddinov (Navoiy). 

Musobaqa yakunlangach, g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing