So’nggi yangiliklar

17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0

14 okt 19:09
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. CHempionlar tantanali kutib olindi + FOTO

Teglar :  Og'ir atletika
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tgan jahon chempionatida Vatanimiz sharafini ulug'lagan og'ir atletikachilarimiz mamlakatimizga qaytib keldi.

SHu munosabat bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportda 17 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi dunyo birinchiligida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan shijoatli sportchilarimiz tantanali kutib olindi.

Kutib olish marosimida O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi mutasaddilari, murabbiylar, g'olib sportchilarimizning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari, jurnalistlar ishtirok etishdi.


–G'olib sportchilarimizni kutib olish uchun Namangan viloyati, Yangiqo'rg'on tumanidan keldik. Farzandim Diyorbek Ermatov 15 yosh bo'lishiga qaramasdan o'zidan ikki yosh kattalar o'rtasida oltin medalni qo'lga kiritib, jahon chempioni nomiga sazovor bo'lganligi barchamizni behad xursand qildi. Birinchi murabbiyi Abror Tojimirzaevning mashg'ulotlariga ilk marta olib borganimda 10 yoshli bolakay edi Diyorbek. SHukr, orzularimiz ushalmoqda. 

Dilbandlarimizning bunday muvaffaqiyatga erishishi mamlakatimizda sportga, yoshlar tarbiyasiga berilayotgan etiborning hosilasi, deb bilaman. Yosh sportchilarimizga jahon yo'llarini ochib berayotgan, ularning xalqaro musobaqalarda zafar quchishi yo'lida mehnat qilayotgan murabbiylariga minnatdorlik bildiraman, –-deydi chempionning otasi Dilshod Bulturov.


–Qashqadaryodan keldik. SHogirdim Qurbonmurod Nomozovning jahon chempionatida uchta oltin medalga sazovor bo'lgani mehnatlarimiz besamar ketmayotganligini ko'rsatdi. Qurbonmurod asli Samarqandning Jom qishlog'i, Omondara mahallasidan. Polvonlar avlodidan. Hali ko'rasiz, yaqin kelajakda u olimpiya chempioni ham bo'ladi. 

Arab davlatida g'ururimizni yuksaltirgan sportchilarni kutib olish uchun Omondaradan ham sportchimizning ota-onasi, do'stlari, mahalladoshlari kelishdi. Ertaga Jomu Qarshida uning g'alabasi sharafiga katta xursandchiliklar boshlanib ketadi. Etiborli jihati, aynan Jiddada zafar quchgan yoshlarimiz yaqin kelajakda O'zbekiston terma jamoasining asosini tashkil etadi. 


SHu boisdan yurtimizda sportga, xususan, og'ir atletika federaciyasida navqiron avlod vakillarining xalqaro musobaqalarda ishtirokiga alohida etibor berilayotganligi tahsinga sazovor, – deydi Qarshi olimpiya zaxiralari kollejining og'ir atletika bo'yicha murabbiyi Toir Parmonov.

Jahon chempionatida yurt bayrog'ini yuksaltirgan, chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan yosh sportchilarimizga, ularning murabbiylariga gullar taqdim etildi.


T. Ro'ziev, YO. Meliboev (surat), O'zA

Reyting:    

Fikrlar

   
15 okt 07:04:08
Bulent
1 bulsayam mutlaq buldik 9 sportchi ichidan Qozoqlar 2 sportchi bn bordi bitta qiz bitta bola ikkalasiyam mutaq buldi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing