So’nggi yangiliklar

19:18Арина Соболенко "Ролан Гаррос" 1/8 финалига чиқди 0 18:57Европа Очиқ чемпионати ғолиби ўз ўқув даргоҳида тақдирланди 0 18:36Ислам Махачев жанг олдидан Чемпионлар лигаси финалини кўрмоқчими? Спортчи жавоб берди 0 18:15"Реал"дагилар Мбаппе жамоага салбий таъсир қилишидан ҳавотир олишмоқда 0 17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0

26 jan 08:40
Yangiliklar

Bolalar sporti

Ommaviy sport bog'chalarga ham kirib bormoqda, endi ularga begovellar taqdim etiladi

Teglar :  Ommaviy sport
Ommaviy sport bog'chalarga ham kirib bormoqda, endi ularga begovellar taqdim etiladi.
2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni ham bu borada muhim qadam bo'ldi. Bugun mazkur hujjat asosida olib boriladigan ishlar, vazifalar mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish, ayniqsa, yoshlarni ommaviy sportga jalb etish, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasidagi vazifalar ijrosini taminlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Poytaxtimiz Toshkent 2025 yili bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilishi yuqoridagi fikrning yaqqol isbotidir.

Xususan, davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni ham bu borada muhim qadam bo'ldi. Unda maktabgacha talim sohasida ham jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug'ullanishga shart-sharoitlar yaratish alohida belgilab o'tilgan.

Mazkur farmon asosida O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) hamkorligida maktabgacha talim muassasalarini bolakaylarning sport bilan shug'ullanishlari uchun zamonaviy begovellar (bolalar uchun pedalsiz velosipedlar) bilan taminlash, “O'zbekistonda birinchi bolalar velopoygasi”ni o'tkazish bo'yicha Memorandum imzolangan edi. Bugun mazkur hujjat asosida olib boriladigan ishlar, vazifalar mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanda Maktabgacha talim vaziri Agrippina SHin va EXHTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori Jon MakGregor, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi bosh kotibi Kozim O'rinboyxo'jaev ishtirok etishdi. Rasmiylar yangi tashabbusning mamlakatimizda ommaviy sport targ'iboti yo'lida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi, uning o'rni haqida iliq fikrlarini bildirib o'tishdi. SHundan so'ng tadbirda yig'ilgan OAV mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.

Ushbu tashabbusdan maqsad yosh bolalarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug'ullanishi uchun shart-sharoit yaratish orqali respublikamizning barcha hududlaridagi maktabgacha talim muassasalarini bosqichma-bosqich begovellar bilan taminlash, tomonlar o'rtasida o'zaro samarali hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashdan iboratdir. 

Anjuman davomida jurnalistlar ushbu loyihalarning moliyalashtirish manbaalari, tarbiyalanuvchilar o'rtasida velomusobaqalar o'tkazish tartibi, begovellar va ularning turlari, shuningdek, tashkilotlarning kelgusidagi rejalar kabi yo'nalishlarda o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing