So’nggi yangiliklar

16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0 11:48Париж-2024 ареналари: Эйфель минорасининг ёнида жойлашган “Гран-Пале-Эфемер” билан танишинг 0 11:27Қозоғистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди. Унинг йиллик маоши 1,2 миллион евро 0 11:05UFC 302 турнири иштирокчилари тарозида қандай вазн кўрсатишди? 0

29 iyu 12:28
Yangiliklar

Eshkak eshish

Osiyo chempionatida o'zbek sportchilari uchun atalgan kun

Janubiy Koreyaning CHungju shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati va kattalar o'rtasida Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqalarda o'zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishmoqda. Terma jamoamiz sharafini yoshlar o'rtasidagi bahslarda 11, kattalar o'rtasidagi bellashuvlarda esa 19 nafar sportchi himoya qilmoqda.

Musobaqaning bugungi kuni sportchilarimiz uchun omadli kechmoqda. Yoshlar o'rtasidagi bahslarda JM2 yo'nalishida Davrjon Davronov/Evgeny Agafonov tandemi terma jamoamiz uchun turnirdagi ilk oltin medalni taqdim etdi. Malumot uchun, aynan ushbu sportchilar Buenos-Ayresda bo'lib o'tadigan o'smirlar Olimpiya o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladilar.

Kattalar o'rtasida o'tkazilayotgan bahslarda M2x yo'nalishida SHahboz Abdujabborov hamda Abdullo Muhammadiev juftligi oltin, Bekzod Xolmirzaev va Abubakir Uzoqboev tandemi bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Ushbu yo'nalishda ikki o'zbek ekipaji sovrindorlar qatoridan joy olgani diqqatga sazovor. Bahslar Olimpiya yo'nalishi, yani 2000 metr masofa bo'yicha o'tkazilmoqda.

M1X yo'nalishida SHaxboz Xolmurzaev terma jamoamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni qo'shib qo'ydi. M2 bahslarida Alisher Turdiev va Sardor To'lqinxo'jaevdan tashkil topgan juftlik musobaqaning oltin medalini qo'lga kiritdi.

LM4 yo'nalishidagi bellashuvlarda Zafar Usmonov, SHohjahon Najmiev, Islambek Mambetnazarov, SHexroz Hakimovlardan tashkil topgan kvartet terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo'shib qo'ydi.

Demak, bugungi kun yakunlariga ko'ra, terma jamoamiz azolari 4ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Musobaqa ertaga yakuniga etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing