So’nggi yangiliklar

15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0 11:48Париж-2024 ареналари: Эйфель минорасининг ёнида жойлашган “Гран-Пале-Эфемер” билан танишинг 0 11:27Қозоғистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди. Унинг йиллик маоши 1,2 миллион евро 0 11:05UFC 302 турнири иштирокчилари тарозида қандай вазн кўрсатишди? 0 10:44Бугун Азиза Зокирова Бангкокдаги турнирда жанг қилади 0

28 mar 07:47
Yangiliklar

Engil atletika

Otabek Umarov ham startga chiqqan IV Toshkent xalqaro marafonidan FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizda ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Navro'z” Xalqaro marafonining IV poygasi va SHanxay hamkorlik yarim marafoni o'tkazildi.

SHHT xalqaro yarim marafoni darajasidagi nufuzli musobaqa yurtimizda ilk bor tashkil etilishi. Ushbu marafon AIMS xalqaro tuzilmasining «A» tasnifidagi sertifikaciyasiga ega. 

Bu SHHT yarim marafonida qatnashadigan professional sportchilarning ishtiroki, marafon trassasi, uning o'tish jarayoni va natijalari xalqaro ekspertlar tomonidan baholab borilishini anglatadi. Mazkur nufuzli musobaqani Xalqaro engil atletika federaciyasi hamda AIMSning texnik ekspertlari Ilya Mixaylovskiy va Adrianus Stevenslar baholab borishdi.

Marafon bahslarida turli yo'nalishlarda qatnashish uchun jami 2 200 nafardan ziyod kishi ro'yxatda o'tgan edi. Bugun esa ular safiga ro'yxatdan o'tolmagan, ammo yugurishga ishtiyoqmand ko'plab insonlar ham qo'shildi va umumiy hisobda ushbu xalqaro marafonda 2 yarim ming nafardan ziyod insonlar qatnashdi.

To'rtinchi bor o'tkazilgan marafon nafaqat hamshaharlarimiz, balki xalqaro mutaxassislarning ham etirofiga sazovor bo'ldi. Buni marosimning ochilish qismida so'zga chiqqan Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov alohida takidlashdi. 

Mutasaddilar o'z so'zlari davomida mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan hamyurtlarimiz orasida ommaviy sportni targ'ib qilish borasida olib borilayotgan o'zgarishlar, yugurishning inson salomatligiga ijobiy tasiri haqida alohida to'xtalishdi.

Bu yilgi marafonga Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov faxriy mehmon sifatida tashrif buyurdi. SHuningdek, tadbirda Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, MOQ raisi o'rinbosarlari Ravshan Irmatov, Azizjon Kamilov, SHezrod Tashmatov, Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, O'zbekiston engil atletika federaciyasi rahbariyati, yuzlab sportsevar hamyurtlarimiz ishtirok etishdi. 

Musobaqada Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Pokistondan kelgan sportchilar hamyurtlarimiz bilan raqobat olib borishdi. Poyganing start va finish nuqtasi doimgidek “Humo arena” muz saroyi oldidagi Beshyog'och maydoni etib belgilandi.

Reglamentga ko'ra, musobaqa doirasida 3 km, 10 km, 21 km, klassik marafon va ekiden (estafeta) poygalari o'tkazildi. Bu yilgi marafon g'olib va sovrindorlariga mos ravishda 30-20-10 million so'mdan mukofot ajratilgan. Qolaversa, boshqa yo'nalishlardagi sovrindorlar ham belgilangan miqdordagi mukofotlarga sazovor bo'lishdi.

O'z yo'nalishida g'alaba qozongan sportchilar:

3 km, erkaklar:
1. Hasan Mirsoatov – 9:07.12
2. Viktor Curenko – 9:15.07
3. Diyorbek Ahmedov – 9:17.17

3 km, ayollar:
1. SHohsanam Xurramova – 10:18.5
2. Oyzira Jurakova – 10:40.5
3. Darya Antropova – 10:49.3

10 km, erkaklar:
1. Bekzod Boymatov – 35:03
2. Otabek Fayzullaev – 35:47
3. Azizbek Kasimov – 36:26

10 km, ayollar:
1. Dilnoza Usmonova – 43:29
2. Go'zal Muhammadalieva – 44:22
3. Farida To'lqunbekova – 44:53

21 km, erkaklar:
1. Nursulton Keneshbekov (Qirg'iziston) – 1:04.28
2. SHohruh Davlatov (O'zbekiston) – 1:04.40
3. Otabek Toshquvvatov (O'zbekiston) – 1:07.58

21 km, ayollar:
1. Aziza Mirzaakbarova (O'zbekiston) 1:15.20
2. Mariya Korobickaya (Qirg'iziston) – 1:16.47
3. Sitora Qurbonova (O'zbekiston) – 1:24.43

Marafon (42 km, 195 m), erkaklar:
1. Ilya Tyapkin (Qirg'iziston) – 2:21.42
2. Zakirillo Mamatqulov (O'zbekiston) – 2:22.05
3. Vladislav Mamedov (O'zbekiston) – 2:23.18

Marafon, ayollar:
1. Gulshanoy Sattorova (Qirg'iziston) – 2:34.50
2. Ekaterina Tunguskova (O'zbekiston) – 2:29.28
3. Tamila Qo'chqorova (O'zbekiston) – 3:11.23

Taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi, O'zbekiston triatlon federaciyasi raisi Viktor Mahmudov, UFC jangchisi Mahmud Murodov, Tokio-2020 Olimpiadasi chempionlari Bahodir Jalolov hamda Ulug'bek Rashitov ham ishtirok etib, sovrindorlarga esdalik sovg'alari va pul mukofotlarini topshirishdi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

   
28 mar 14:49:51
Abduhayid Kamalov
Киргизлар кокиб кетибдику
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing