So’nggi yangiliklar

13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0 09:12Свёнтек Рим турнири бош соврини учун кортга чиқади, бу унинг 25-финали! 0 08:51Самарқанд мезбонлик қиладиган триатлон бўйича Жаҳон кубоги олдидан ташкил этилган матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:30Франция терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби маълум 0 08:09Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси Ислам Махачев билан машғулот ўтказди + ФОТО 0

08 fev 17:42
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Otasining tobuti ustiga medalini qo'ygan, raqsga qatnashgan, harbiyning o'g'li, boksga juda kech kirib kelgan Aleksandr Usik qissasi

Aleksandr Usikni uning otasi ilk bor boks zaliga olib kelgan, lekin o'g'lining boks cho'qqisiga chiqqanini ko'rmadi.

Usikning otasi 2012 yilgi Olimpiadadagi chempionligidan so'ng vafot etgan. Otasining o'limidan 10 yildan oshiq vaqt o'tgan bo'lishiga qaramay, u o'g'li uchun turtki bo'lib qolmoqda. Ota o'z o'g'lini yoshligidan boksga o'rgatib kelgan va yomon mashg'ulot hamda janglardan keyin doim Aleksandrga dakki berib kelgan. «U doim mashq qilish va o'qishga undab, majburlagan. Hozir menda mavjud bo'lgan barcha narsa unga tegishli. Otam men uchun ko'p sarmoya kiritdi, hayotda oila, sport va talimni birinchi pog'onaga qo'yishni o'rgatdi», deya eslaydi ukrainalik bokschi. 

Katta Usik har doim bolasining yaxshi o'qishini va yaxshi inson bo'lib ulg'ayishini xohlardi. Hatto u uchun universal formula ham o'ylab topgan edi. «Sen ahmoq bo'lsang, hech kimga kerak emassan, shuning uchun yaxshi o'qishing lozim, deb menga nasihat qilardi otam», deydi qahramonimiz. Usik 15 yoshidan boks bilan shug'ullana boshlagan. Bunga qadar esa futbol, kurash va karate sport turlarida, shuningdek, raqsda o'z omadini sinab ko'rgan. «Bir kuni men uyga kelib, otamdan so'radim: «Men kim bo'lishimni istaysiz?» U shunday javob berdi: «Avvalo, sen yaxshi inson bo'lishing kerak. SHunda orzu qilgan barcha narsangga erishasan», deydi Aleksandr. Ukrainalik sportchi bolaligida onasi bilan tug'ilgan Ribotin qishlog'iga ko'chib kelganida, u futbol bilan qattiq shug'ullangan. 

Keyinchalik u «Tavriya» bolalar jamoasiga qabul qilindi, ammo u erdagi janjaldan so'ng ketdi. Usik klubga qaytish uchun jamoadoshidan kechirim so'rashni xohlamadi. SHu bilan bir qatorda oilada uning mashg'ulotlarni davom ettirishi uchun etarli mablag' yo'q edi. SHundan so'ng Aleksandr boksga ko'chib o'tdi va u buni shunday xotirlaydi: «Otamning aytishicha, menda hamma narsa bor. Hayron bo'ldim. «Dada, men futbolni yaxshi ko'raman, qanaqa boks? U erda meni urishyapti!» va u javob berdi: «Ular seni urishini istamasang, sen ularni ur». Bokschining otasi Afg'onistondagi urushda ishtirok etib, ikki marta yaralangan hamda o'g'liga pichoq ishlatishni o'rgatgan. Onasi: «U jinoyatchi bo'lib ulg'ayadi», deb qarshilik qilishiga qaramay, otasi bu yo'ldan qaytmadi. 

«Men urushdan keyingi holatning oqibatlarini va u bilan nimalar sodir bo'lganiga guvoh bo'ldim. Otamda tez-tez bosh og'rig'i, juda yuqori qon bosimi kuzatilardi. Vafotiga yaqin qolganda, dahshatli tushlar ko'rar hamda o'lgan o'rtoqlarining ismini aytib kechalari baqirib chiqardi», deb otasini yodga oladi qahramonimiz. Urushdan keyin katta Usik qo'riqlash va qurulish maydonchasida ishlagan, o'g'liga Afg'onistonda bo'lib o'tgan voqealar haqida umuman gapirmagan, ammo u erdagi muhitni ko'p bor so'zlab bergan. Bokschining o'zi bu holatni shunday ifodalaydi: «U urushda sodir bo'ladigan g'ayriinsoniy hodisalar dahshatli ekanligini aytib berardi. Xudo ko'rsatmasin, masalan, sizning boshingizga shunday kunlar tushdi deylik, chiday olarmidingiz?» Harbiy tizim Aleksandrning tarbiyasiga tasir ko'rsatdi. 

Otasi unga ko'plab narsalarni o'rgatib ketgan. Ukrainalikning so'zlariga qaraganda, unda kuchli harakterni shakllantirgan va didiga tasir qilgan shaxs aynan uning padari hisoblanadi. «Esimda, otam menga paypoq, ichki kiyim, oyoq kiyimlarni yuvishni o'rgatgan. G'ijim ko'ylak va shimni ko'chaga kiyib chiqishimga doim qarshi edi», deydi qahramonimiz. Usik juda yosh paytidan pul ishlab topishni boshlagandi. U o'zini ko'rsatish uchun qishloqni aylanib chiqar, keksalarning o'tinini chopishga ko'maklashar, g'isht terar, sigir boqar hamda o't o'rar edi. SHu hizmatlari evaziga ayrimlar unga pul bergan. CHempion ushbu davrlarni shunday xotirlaydi: «Men topgan pulimni olib kelib, bu mening hissam, dedim. Otam ularni olib, bir chetga qo'ydi. Har doim ular pullarimni tashlab yuboryapti deb o'ylardim, lekin otam ularni yig'ib yurgan ekan. Nimadir kerak desam, o'zim bergan pullardan sotib olib berardi. SHuningdek, otam meni yaxshi ko'rishini hech aytmagan, biroq ko'chadagi tanimshlarim bu haqida ko'p marta so'zlab berardi. Menimcha, u sovet paytida o'sgani uchun his-tuyg'ularini ko'rsatmasligi kerak bo'lgan.


Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing