So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

14 iyu 11:02
Yangiliklar

O'q otish

Oybek Norinboev O'zbekiston o'q otish federaciyasi raisi lavozimiga qayta saylandi

Bugun Milliy Olimpiya qo'mitasida O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasining navbatdagi hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat o'q otish federaciyasi raisi Oybek Norinboev, Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi rahbariyati, federaciyaning hududiy vakillari, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi.

Tadbirni Oybek Kasimov ochib berar ekan, federaciya so'nggi yillar ichida sezilarli o'sishga erishgani, bu sportchilarimizning Osiyo va jahon chempionatlarida qo'lga kiritayotgan muvaffaqiyatlarida yaqqol aks etayotgani haqida to'xtaldi. O'z o'rnida, O.Kasimov federaciyaning kelgusi faoliyatiga ham omad tilab, O'zbekiston MOQ hamisha sportchi va murabbiylarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Kun tartibiga muvofiq, birinchi federaciyaning 2022-yilgi hisoboti tinglandi. SHundan so'ng asosiy masalalarga o'tildi. Unda federaciyaning amaldagi raisi Oybek Qobiljonovich Norinboev nomzodi tashkilot rahbarligiga ilgari surildi. Delegatlar nomzodni bir ovozdan qo'llab-quvvatlashdi va Oybek Norinboev O'zbekiston o'q otish federaciyasi raisi lavozimiga qayta saylandi. So'z olgan Oybek Qobiljonovich kelgusida federaciya faoliyatini yanada rivojlantirish, Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida sportchilarimizning munosib ishtiroklarini taminlash uchun bor kuch-g'ayratini safarbar qilishini takidladi.

SHundan so'ng federaciya raisi o'rinbosarlari va Bosh kotibi lavozimlari ham tasdiqlab olindi. Unga ko'ra, Doniyor Qodirov, Hamdam Qarshiev hamda Ramiz Enaliev rais o'rinbosari, Mardonbek Davronov federaciya Bosh kotibi lavozimiga saylanishdi. SHuningdek, konferenciya davomida tashkilot Ijroiya qo'mitasi tarkibi ham shakllantirib olindi.

Tadbirning yakuniy qismida so'nggi yillarda xalqaro maydonda yuqori natijalar qayd etgan Muhammad Kamalov 20 milion, Vladimir Svechnikov hamda Namangan viloyati murabbiy Vadim Kandakov 10 million so'm miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. SHuning bilan, O'zbekiston o'q otish federaciyasining navbatdagi hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing