So’nggi yangiliklar

15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0

25 mar 13:29
Yangiliklar

Og'ir atletika

O'zbekiston chempionatida eng kuchli pauerliftingchilar aniqlandi FOTOGALEREYA

21-24 mart kunlari Yunusobod sport kompleksi hududidagi Savage sport majmuasida yoshlar va kattalar o'rtasida pauerlifting bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Uch kun davom etgan bahslarda yoshlar klasik, kattalar epikirovka yo'nalishlarida o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi. O'zbekiston pauerlifting federaciyasi raisi Islom Islomovning malum qilishicha chempionatda 121 nafar sportchi ishtirok etdi. 

Ular mos ravishda Angren, Olmaliq, CHirchiq, Zarafshon, Uchquduq, Toshkent, Buxoro, Nukus va Namangan jamoalari sharafini himoya qildilar. Qizg'in bellashuvlar yakunida g'oliblar nomi aniqlandi. Evgeniy Kapralov, Metin Gafurov, Nadejda Malyugina o'z yo'nalishlarida chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. Ularga medal, diplom va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Pauerlifting bu kuch sporti bo'lib, uning mohiyati sportchi uchun nihoyatda og'ir bo'lgan og'irlikning qarshiligini engishdan iborat. Pauerlifting og'ir atletikachilarning asosiy harakatlarda samaradorlikni oshirish uchun ishlatadigan mashqlaridan kelib chiqqan bo'lib o'tgan asrning 40-50 yillarida G'arbda mashhurlikka erishdi. 

XX asrning 50-60 yillarida esa zamonaviy shaklda pauerlifting shakllana boshladi. O'tgan asrning 60-yillari o'rtalariga kelib musobaqa qoidalari belgilanib, milliy darajadagi chempionatlar muntazam o'tkazila boshlandi.

1972 yil noyabr oyida Xalqaro pauerlifting federaciyasi tashkil etildi. U Xalqaro paramiya qo'mitasi va dunyo antidoping agentliklarining azosi hisoblanadi. 2000 yildan boshlab Xalqaro paralimpiya o'yinlarida pauerlifting bo'yicha ham rasmiy bahslar o'tkazib kelinadi.

Mazkur sport yurtimizda ham yildan yilga ommalashib bormoqda. O'zbekiston pauerlifting federaciyasi tomonidan muntazam milliy chempionatlar, nufuzli turnirlar tashkil etilmoqda. Xalqaro musobaqalarda o'zbekistonlik sportchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing