So’nggi yangiliklar

15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0

29 okt 07:27
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari, Paralimpiya

O'zbekiston delegaciyasi Para Osiyo o'yinlaridagi ishtirokini 79 ta medal bilan yakunladi + JADVAL

Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan IV Para Osiyo o'yinlari tarix sahifalaridan joy oldi.

Olti kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda O'zbekiston sport delegaciyasi jami 79 ta medal qo'lga kiritdi. Bu bilan terma jamoamiz Para Osiyo o'yinlari tarixida qo'lga kiritilgan medallar soni bo'yicha 5 yil avvalgi rekordni yangiladi. 

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o'tkazilgan III Para Osiyo o'yinlarida 33 ta oltin, 24 ta kumush, 18 ta bronza, jami 75 ta medal bilan 53 davlat delegaciyalari orasida 5-o'rinni egallagan edik. Medallar soni bo'yicha rekord yangilandi, ammo sifat va umumjamoa hisobidagi o'rnimizda pasayish kuzatildi. 

Xanchjou arenalarida qo'lga kiritilgan oltin medallarimiz 25 tani tashkil etdi. Indoneziyadagi 33 ta oltin medal 2026 yilda Yaponiya davlati mezbonlik qiladigan Para Osiyo o'yinlarigacha rekordimiz bo'lib qoladi. Kecha yakuniga etgan Para Osiyo o'yinlarida 25 ta oltin, 24 ta kumush, 30 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 8-o'rinni band etdik. 

Osiyo va Para Osiyo o'yinlarida "o'zga sayyoraliklar" deya tarif berilgan Xitoy terma jamoasi 214 ta oltin, 167 ta kumush, 140 ta bronza, jami 521 ta medal bilan umumjamoa hisobida juda katta farq bilan birinchi o'rinni egalladi. 

Eron 44 ta oltin, 46 ta kumush, 41 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka Yaponiya para atletlari 42 ta oltin, 49 ta kumush, 59 ta bronza medali bilan yakun yasab berishdi. Bizdan avvalgi pog'onalardan Koreya Respublikasi, Hindiston, Indoneziya va Tailand terma jamoalari joy olishdi. Yigirma to'rt davlat delegaciyalari o'z vatanlariga kamida bitta oltin medal bilan qaytishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing