So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

10 fev 14:49
Yangiliklar

Suv sporti turlari, Parij-2024

O'zbekiston delegaciyasi Parij-2024 yozgi Olimpiadasi uchun navbatdagi yo'llanmani qo'lga kiritdi

SHu kunlarda Qatar poytaxti Doxa shahrida suv sporti turlari bo'yicha Jahon chempionati o'tkazilmoqda.

Ushbu mundialda O'zbekiston vakili Igor Myalin 10 metr balandlikdan suvga sakrash musobaqasida final bosqichiga chiqib, “Parij-2024” olimpiya o'yinlarining yo'llanmasini ham qo'lga kiritdi. Bu haqda suv sporti federaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Bugun bo'lib o'tgan yarim final musobaqasida Igorning chiqishi 415.80 ball bilan baholandi va sportchimiz hal qiluvchi final bosqichiga chiqqan 12 nafar sportchi orasida 7-natijaga erishdi. 

Reglamentga ko'ra, 10 metr balandlikdan suvga sakrash musobaqasida final bosqichiga chiqqan 12 nafar sportchi “Parij-2024” olimpiya o'yinlariga yo'llanmani naqd qilib qo'yadi.  

Demak, final musobaqasida medallar uchun kurashni davom ettiradigan hamyurtimiz Igor Myalin bir vaqtning o'zida Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani ham qo'lga kiritdi. Final bahslari bugun kechki dasturdan o'rin olgan. 

O'zbekiston suzish federaciyasi Igor Myalin va uning murabbiylarini “Parij-2024” olimpiya o'yinlariga licenziyani qo'lga kiritgani bilan muborakbod etadi", - deyiladi xabarda.

Malumot uchun, bu O'zbekiston delegaciyasining Parij-2024 Olimpiadasi uchun 18-licenziyasi bo'ldi.

SHuningdek, bu O'zbekiston uchun suvga sakrash bahslarida Olimpiya o'yinlariga qo'lga kiritilgan ilk licenziya bo'lganini takidlash lozim.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing